Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning Xitoy bilan savdo urushi o‘n yil ichida AQSh iqtisodiyotiga trillion dollardan ko‘proq zarar yetkazishi mumkin. Bu haqda AQSh Savdo-sanoat palatasi hisobotida ma’lum qilindi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.

Foto: iStock

Foto: iStock

Ekspertlar Xitoy tovarlari uchun boj miqdorini 25 foizga oshirish AQSh uchun yiliga 190 milliard dollarga tushishini hisoblab chiqdi. Xitoyga to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni kamaytirish oqibatida AQSh yalpi ichki mahsuloti 500 milliard dollarga qisqaradi. Amerikalik investorlar har yili 25 milliard dollarga kamroq daromad oladi.

Ta’kidlanishicha, Amerika korxonalarining Xitoy bozoridan chiqarilishi uzoq muddatli istiqbolda AQShning global yetakchiligiga yanada jiddiy ta’sir qilishi mumkin. Savdo palatasi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerika korxonalari global raqobatbardoshligini yo‘qotishi mumkin.

Ma’lumot uchun AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo urushi 2017-yil oxirida boshlangan. 2020-yil boshida tomonlar sulhning “birinchi bosqichi” to‘g‘risida bitim imzoladi, ammo keyinchalik pandemiya sababli muzokaralar to‘xtab qoldi.

Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy bilan munosabatlarni AQSh uchun eng muhim deb atagan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda ikki davlat tobora dushmanga aylanib bormoqda.

2021-yilning yanvar oyi boshida Donald Tramp administratsiyasi Xitoyning 10 ta kompaniyasini “qora ro‘yxat”ga kirgizgani, ular orasida Xiaomi kompaniyasi ham borligi xabar qilingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi ko‘tarildi
Dunyo
Xersonning ozod qilingan qismidan ilk kadrlar. Rossiya chegaralaridagi tirbandliklar. Urushning 217-kunidan fotoreportaj
Mahalliy
“Katta miqdordagi noqonuniy sigaretalar bojxona nazorati o‘rnatilmagan aylanma yo‘llardan olib o‘tiladi” — Davlat bojxona qo‘mitasi mutaxassisi bilan suhbat