Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Bahor yaqinlashishi bilan nafis, yengil, bejirim ko‘ylaklarga talab ortadi. Ushbu mavsumda yangi ko‘rinish hosil qilishning eng oson yo‘li chindan ham kiyim-kechakdir. Naqshli liboslar esa obrazni boyitishda yanada ko‘proq yordam beradi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Gulli naqshlar

Gulli liboslar chindan ham bejirimligi bilan barcha ko‘ylaklardan ajralib turadi. Shuningdek, har qanday ayol ulardan o‘ziga mosini tanlashi mumkin. Katta, kichik yoki o‘rtacha kabi. Bahor faslida dizaynerlar ko‘proq gulli liboslarga murojaat qilishni tavsiya etadi. Bu ham tashqi ko‘rinishga, ham kayfiyatga ijobiy ta’sir o‘tkazadi.

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Bundan tashqari, gulli liboslar o‘zida qarama-qarshilikni ham ifodalaydi. Masalan, oq fonda qora gullar yoki boshqa rangdagisi bo‘lishi mumkin. Aytgancha, gulli naqshlar faqatgina liboslarda emas, balki sumka, poyabzal yoki yengil sharflarda ham bo‘lishi obrazni to‘ldiradi.

Kapalak yoki patli naqshlar

Ko‘klam uchun kapalak hamda pat surati tushirilgan yubka va koftalarni ham tanlash mumkin. Ularni charm kurtkalar bilan uyg‘unlashtirish esa ayni mavsumda urfda. Shuningdek, ranglardan och ko‘k, pushti, qaymoqrang liboslar bahoriy kayfiyat ulashadi.

No‘xat

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ko‘pchilik no‘xat bosmali liboslar shaydosi. Ushbu naqsh uzoq vaqtlardan buyon urfdan qolmay kelmoqda. Ammo uning ham o‘ziga yarasha shartlari bor. Bo‘yi past hamda to‘ladan kelgan qizlar mayda shakldagisi, aksincha juda ozg‘inlarga esa yirik no‘xat naqshli liboslar versiyasi taklif etiladi.

Abstraksiya

Murakkab tasvirlar bilan romantik uslub yaratuvchilar uchun abstraksiya tasviri tushirilgan liboslar mos kelishi shubhasiz. Faqat naqshlar yengil va rang jihatidan ochroq bo‘lishi kerak. Bu kabi uslubda naqshlarning chizig‘i aniq bo‘lishi shart emas, balki noaniq tasvir naqsh ta’sirini kuchaytirishga yordam beradi. Umuman olganda, bu kabi bosma naqshli har qanday kiyimni kiyish mumkin.

To‘rtburchak

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ko‘pchilik odamlar to‘rtburchakni juda rasmiy deb biladi. Ammo barchasi tanlangan naqshga bog‘liq. “Vishi” to‘rtburchak naqshlarning eng romantik turlaridan biri hisoblanadi. Kattaligi o‘rtacha va shakli nafis bo‘lganlari qomatning nozik xususiyatlarini ta’kidlaydi. Albatta, boshqa turdagi to‘rtburchaklar ham romantik ko‘rinishga ega bo‘lib, barchasi mato rangi va tuzilishiga bog‘liq.

Yurakchalar

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Ko‘ylak, yubka, koftalarda yurakcha tasviri garderobga romantikani olib kirishi tabiiy. O‘ta bachkana bo‘lmaslik uchun yurakcha naqshli liboslarni shunchaki neytral narsalar bilan boyitish mumkin. Obraz mukammal bo‘lishi uchun baland poshnali tufli va aksessuarlarga e’tibor berish lozim.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi