Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Maroq bilan tomosha qilingan turk seriallarining asosiy aktyorlari o‘rniga boshqalarni tasavvur qilish qiyin. Lekin shuni yodda tutish kerakki, serial suratga olishning birinchi kunidan, shuningdek, kasting, g‘oya, ssenariy va boshqa tashkiliy ishlardan boshlanadi. Turkiyada ma’lum bir aktyor uchun serial suratga olish juda kam uchraydigan holat. Odatda bosh qahramon rollariga bir nechta nomzodlar ko‘rib chiqiladi. Agar ssenariy kutilmagan voqealarga boy bo‘lsa, eng taniqli turk aktyorlarining ishtirok etishi tabiiy.

“Ramo”: Xatije Shendil va Esra Bilgich

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

2019-yilda jurnalistlar “Taqdirga qarshi muhabbat” teleseriali yulduzi Xatije Shendil bilan suhbatlashdi. O‘sha vaqtda aktrisa hali ham tug‘ruq ta’tilida edi. U tez orada ekranlarga qaytishini rejalashtirayotganini ham aytib o‘tgan. Shuningdek, Murat Yildirim bilan birgalikda rol ijro etishini ham. 2020-yilda Xatije istaganidek “Ramo” seriali efirga uzatildi. Ammo serial uchun prodyuserlar yoshroq aktrisa – Esra Bilgichni tanladi.

“Sharaf so‘zi”: Tolgaxan Sayishman va Jan Yaman

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

So‘nggi daqiqagacha ko‘pchilik “Sharaf so‘zi” serialida bosh qahramonni Jan Yaman ijro etadi, deb o‘ylar edi. Ammo televizion loyiha birinchi marta e’lon qilinganda tomoshabinlar yana bir mashhur aktyor – Tolgaxan Sayishmanni ko‘rdi. Balki Jan Yaman serialda ishtirok etmagani uchun ham xursand bo‘lgandir, chunki loyiha davomiyligi uzoqqa bormagan. OAV esa serialni “Yilning eng muvaffaqiyatsiz loyihasi” deb atagan.

“Muhtasham yuz yil”: Oyku Chelik va Maryam Uzerli

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Muhtasham yuz yil” serialida ham kutilmagan chehralarni ko‘rishga oz qolgan. Masalan, Xurram roli uchun turk aktrisasi Oyku Chelik nomzodlardan biri edi. U allaqachon tarixiy dramalarda suratga tushish tajribasiga ega bo‘lsa-da, ko‘plab kastinglardan so‘ng omad Maryam Uzerliga kulib boqdi. Ushbu rol uchun aktrisa sochlarini bo‘yab, biroz semirishiga ham to‘g‘ri kelgan, va aynan shu roli bilan yulduzga aylangan.

“Tirilish. Usmon”: Murat Yildirim va Burak O‘zchivit

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

Yana bir tarixiy serial – “Tirilish. Usmon” uchun Chagatay Ulusoy, Furkan Palili va Murat Yildirim bosh qahramon roliga ko‘rib chiqilgan. Ammo mazkur serialda sevimli aktyor Burak O‘zchivit rol ijro etdi. Prodyuserlar tanlovi to‘g‘ri ekanligini serialning nafaqat Turkiyada, balki dunyo bo‘ylab muvaffaqiyatga erishganidan ham bilish mumkin. Burakning esa kundan kunga muxlislari ortib bormoqda.

“Parchalangan yuraklar”: O‘zjan Deniz va Erkan Petekkaya

Foto: “Yandeks Dzen”

Foto: “Yandeks Dzen”

“Parchalangan yuraklar” serialining bosh qahramoni Nurgul Yashilchoy bilan partnyor sifatida rol ijro etgan Erkan Petekkayaning o‘rnida O‘zjan Deniz ham bo‘lishi mumkin edi. Ammo o‘sha vaqtda “melodramalar qiroli” allaqachon boshqa filmda suratga tushishga rozi bo‘lgan. Ajablanarlisi shundaki, seriallar nafaqat bir vaqtning o‘zida namoyish etildi, balki syujeti ham o‘xshash.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiyada zilzila qurbonlari soni 3 mingga yaqinlashdi, yangi silkinishlar qayd etildi
Shou-biznes
Gollivudning har qanday rolni maromiga yetkazib ijo etadigan aktyor va aktrisalari (foto) 
Mahalliy
Namangandagi uyda gaz portlab, 4 kishi tan jarohati oldi