Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi La Liganing qoldirilgan 1-turi doirasida “Xetafe”ga qarshi kechadigan uchrashuv uchun kengaytirilgan tarkibni e’lon qildi.

Foto: Twitter/@realmadrid

Foto: Twitter/@realmadrid

Zinedin Zidan qaydnomaga 19 nafar futbolchini kiritdi. Himoyachilar Serxio Ramos, Alvaro Odriosola, Daniel Karvaxal, yarim himoyachi Federiko Valverde va hujumchilar Lukas Vaskes, Eden Azar, Rodrigo Goes jarohat sabab o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Shuningdek, diskvalifikatsiya tufayli Eder Militao va Toni Kroos madridliklarga yordam bera olmaydi

“Real” va “Xetafe” jamoalari o‘rtasidagi bahs Toshkent vaqti bilan 9-fevraldan 10-fevralga o‘tar kechasi 01:00 da boshlanadi.

“Real”ning qaydnomasi bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diyego Altube;

Himoyachilar:  Rafael Varan, Nacho, Marselo, Ferlan Mendi, Viktor Chust, Migel Gutyerres;

Yarim himoyachilar: Luka Modrich, Kazemiro, Isko, Marvin Park, Serxio Arribas, Antonio Blanko;

Hujumchilar: Karim Benzema, Marko Asensio, Vinisius Junior, Mariano Dias.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi