Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

MIBning Farg‘ona viloyati Toshloq tumani bo‘limi davlat ijrochisi 2 ming dollar pora bilan ushlandi, deb xabar bermoqda “Xabar.uz”.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ma’lum bo‘lishicha, u o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, ish yurituvidagi ijro ishi yuzasidan gidroponika texnologiyasi asosida issiqxona tashkil etgan fermer xo‘jaligining elektr energiyasidan bo‘lgan qarzdorligi bo‘yicha ijro harakatlarini tugatib berishini aytib, evaziga 2 ming dollar talab qilgan.

DXX Farg‘ona viloyati boshqarmasi va Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan 22-yanvar kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs so‘ralgan pulni olgan vaqtida ushlangan.

Shuningdek, Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani arxitektura bo‘limining sobiq xodimi mahalliy fuqaroga Sirdaryo tumani “Adolat” MFY hududidan 12 sotix yer maydonini ajratish to‘g‘risida tuman hokimi qarorining chiqarilishi uchun kerak bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirishda va ushbu yer maydonida qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tayyorlashda yordam berishini aytib, evaziga 1200 dollar so‘ragan.

Avvaliga u 200 dollar ekvivalenti hisobida 2 million 100 ming so‘m olgan, keyinroq esa 900 dollar olgan vaqtida DXX va Departamentning viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida u 900 dollarning ma’lum bir qismini Sirdaryo tuman qurilish bo‘limi boshlig‘iga berishini aytgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu mansabdor shaxs qurilishi rejalashtirilayotgan yordamchi xo‘jalik binosining eskiz loyihasi hujjatlarini tasdiqlab berish hamda ushbu yerga egalik qilish huquqi bo‘yicha tuman hokimining qarori chiqarilishi uchun lozim bo‘lgan hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 400 dollarni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Andijon viloyat IIBning katta tergovchisi va vaqtincha saqlash hibsxonasi boshlig‘i 12 ming dollar pora bilan ushlangani, yer olib berishni va’da qilib, pora bilan qo‘lga tushgan Marhamat tumani hokimining sobiq yordamchisi yetti yilga ozodlikdan mahrum qilingani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi