Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Real” himoyachisi Serxio Ramos 6-fevral, shanba kuni jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Madridliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, futbolchi tizzasining ichki meniskida muammo paydo bo‘lgan. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tgan va Ramos bir necha kundan keyin tiklanish jarayonini boshlaydi.

Ispan OAV bergan xabarga ko‘ra, “Real” sardori taxminan 2 oy maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Ramos Ispaniya Superkubogi yarim finali doirasida “Atletik B”ga qarshi bahsda (1:2) jarohat olgandi. Avvalroq jarohatni operatsiyasiz tiklab bo‘lmasligini ayon bo‘lgandi.

Ramos 2020/21-yilgi mavsum “Real” safida 18 o‘yinda ishtirok etib, uchta gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ikki davlatga ID karta orqali o‘tishi mumkin bo‘ladi
Mahalliy
Hokimiyat xodimlarini ovqatlantirishga 1,3 milliard so‘m, talabalar uchun Dubayga sayohat, “tushunmasdan” lotni yutib qo‘ygan tadbirkor — 27-yanvardagi qiziqarli t...
Dunyo
Sayfullo Soipov 2017-yil Nyu-Yorkda yuz bergan teraktda aybdor deb topildi. U o‘limga hukm qilinishi mumkin