Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilayotgan Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining navbatdan tashqari 26-sessiyasida davlat rahbari Xayrullo Bozorov haqida so‘z yuritdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“Men Bozorovni 1 yil emas, 10 yil emas, 15—20 yildan beri bilaman. U xalqparvar, g‘o‘daymagan, ko‘p-ko‘p og‘ir sinovlardan o‘tgan. Men Farg‘onaga tayyor kadrni olib keldim. Shuncha yil ishlab o‘zgarmadi, endi ham o‘zgarmaydi. Mana viloyatda 4 oy ishlab ko‘rdi, farg‘onaliklar sinovidan o‘tdi. Muammoni yelkasiga olishni biladi. Kecha menga 50 ta masala qo‘ydi. Har safar izlanishda. Men ichimda xursand bo‘ldim, lekin bildirmadim. Chunki, rahbar muammoni qo‘yganda o‘zi uchunmas, shu xalq manfaati uchun so‘raydi. Birorta gapiga yo‘q demadim. Albatta, loyihalar uchun pul, mablag‘ kerak. Pul topish qiyin, ammo topib beramiz. Viloyatda marra katta, unga erishishi shart. Boshqa viloyatlarga o‘n qamchi bo‘lsa, Farg‘ona viloyatiga bir qamchi. Viloyatdagi, umuman har bir hokim shunday ishlaganda masala qolmasdi”, — dedi davlat rahbari.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Farg‘onaga safari davomida Oltiariqdagi uzumchilik kooperatsiyasida bo‘ldi, toshdan qog‘oz ishlab chiqariladigan korxonani ko‘zdan kechirdi, Vodiy Shoes korxonasiga tashrif buyurdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)