2020-yilda ayollar tomonidan amalga oshirilgan korrupsiyaga oid jinoyatlar ko‘paydi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurash xizmatining maxsus ishlar tergovchisi Doniyor Bigaydarovga tayanib, Tengrinews xabar berdi.
“2019-yilga solishtirsak, o‘tgan yil mobaynida ayollar tomonidan sodir etilgan korrupsion jinoyatlar soni oshdi. 12 oy mobaynida Korrupsiyaga qarshi kurash xizmatida 336 nafar ayolga nisbatan 264 ta ish ochildi. 2019-yilda 328 ta ayolga nisbatan 256 ta ish ochilgan bo‘lsa, 2020-yilda korrupsion jinoyatlarning 26,5 foizini ayollar, 73,5 foizini erkaklar sodir etgan. 2019-yilda esa ayollar 25, erkaklar 75 foizni tashkil qilgan edi”, — deya ma’lumot berdi Bigaydarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayollarning 202 nafari korrupsiyaga oid jinoiy huquqbuzarliklar, 134 nafari korrupsiyaga oid bo‘lmagan jinoiy huquqbuzarliklar uchun sudgacha tergovga jalb qilingan.
2020-yilda 228 nafar ayolga nisbatan jinoyat ishlari sudga oshirilgan. Korrupsiyaga oid ishlar bo‘yicha 141 nafar ayol sudlangan, ularning 47 nafari ozodlikdan mahrum qilingan, 30 nafariga ozodlikni cheklash, 64 nafariga jarima jazosi belgilangan. 2019-yilda esa 27 nafar ayol ozodlikdan mahrum qilish, 44 nafariga ozodlikni cheklash, 46 nafariga jarima belgilangan.
Izoh (0)