Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Viloyatda yer resursi cheklangani sababli cho‘l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o‘zlashtiriladi. Bu haqda xalq deputatlari Farg‘ona viloyati kengashining 5-fevral kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyevning ta’kidlashicha, o‘zlashtiriladigan yangi yerlar uchun sarflanadigan 350 milliard so‘mlik xarajatlarning 110 milliard so‘mi subsidiya hisobidan qoplab beriladi.

Yig‘ilishda ijtimoiy sohalarni, infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari ham belgilangan. Xususan, 2021-yilda viloyatning 11 ta joyida 105 ta ko‘p qavatli uylar barpo etilishi ta’kidlandi.

“312 milliard so‘m markazlashgan mablag‘lar hisobidan 503 kilometr yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha vazifa qo‘yildi”, — deyiladi prezident matbuot xizmati axborotida.

Qo‘shimcha qilinishicha, davlat rahbari yangi tashkil etilgan Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti salohiyatidan samarali foydalangan holda, maqsadli tibbiy ko‘rik va konsultatsiyalar o‘tkazish, birlamchi tibbiyot bo‘g‘inini rivojlantirish uchun 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinika tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Gitlerga maktub yozgan Gandining tug‘ilishi, maxfiy sanalgan Opus Dei tashkiloti va SSSRdagi yadroviy qurollar sinovi. Kun xronologiyasida 2-oktabr
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-oktabr kuni harorat kechasi 7 darajagacha pasayadi
Madaniyat
Instagram: Ustozlarini tabriklayotgan mashhurlar, onasiga qo‘shni bo‘layotgan Nilufar Usmonova, Ziyodaning volidasiga atalgan syurprizi