Rossiyaning Amursk viloyatida yashovchi 23 yoshli Magomed, Gollivud yulduzi Jonni Deppga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi. U Yangi yilda qarindoshlari oldiga Jek Chittak ko‘rinishida kelganidan keyin uning yulduzga naqadar o‘xshashligiga e’tibor berila boshlangan. Onasining sevimli qahramoni bo‘lgani tufayli yigit bayram kuni aynan ushbu obrazni tanlagan.
Magomed Yangi yil kechasi yaqinlaridan tashqari ko‘chadagilarga ham yaxshi kayfiyat ulashgan. Mazkur obrazda ko‘chaga chiqqanidan keyin har ikkinchi yo‘lovchi uning oldiga kelib birga suratga tushishni so‘ragan. Rossiyalik yigit, shuningdek, o‘zi ham “Karib dengizi qaroqchilari”ni yaxshi ko‘rishi sabab uning barcha qismlarini tomosha qilgani, qahramonning esda qolarli va yorqin obrazi uni ta’sirlantirganini ma’lum qilgan.
Film qahramon va Magomedning qiyofasidan tashqari, boshqa o‘xshashliklari ham bor. U ham Jek singari hayotini dengiz bilan bog‘lagan. 2017-yilda Vladivostokda joylashgan, G.I. Nevelskiy nomidagi dengiz davlat universitetini tamomlagan.
Ayni vaqtda kapitan yordamchisi bo‘lib ishlaydigan Magomed faoliyatini san’atda davom ettirishni istashi hamda yaqin orada o‘zini Dedpul obrazida sinab ko‘rmoqchi ekanligini ta’kidlaydi.
Mavzuga doir: