Quyidagi aktyorlar dublyorlari o‘zlariga quyib qo‘ygandek o‘xshaydi va ular yulduzlarni xavfli sahnalarda jarohatlanishi va lat yeyishidan saqlaydi.

Kris Xemsvort

Foto: Cosmopolitan

Krisning ko‘rinishi o‘ziga o‘xshab ketadigan dublyori “Tor” va “Qasoskorlar” filmidagi ishtirokidan keyin yelkasi chiqqan, umurtqasida uch joyidan singan, qovurg‘asi shikastlangan va tos suyagi singan. Lekin shunga qaramasdan fotoga qarab, uni Krisdan o‘pkalamagani va yaxshi aloqada ekanini bilish mumkin.

Jonni Depp

Foto: Cosmopolitan

“Karib dengizi qaroqchilari” nafaqat bosh qahramonlar, balki ikkinchi darajali aktyorlarga ham muvaffaqiyat olib kelgan. Iste’dodli va Jonniga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan dublyor mazkur ijrosi uchun Dunyo kaskadyorlari akademiyasining mukofoti Taurus’ga ikki karra loyiq topilgan.

Robert Pattinson

Foto: Cosmopolitan

Aktyor singari oppoq, qalin qoshli dublyorni qorong‘ida Robert bilan adashtirish mumkinligi ajab emas.

Jennifer Lopes

Foto: Cosmopolitan

Ushbu dublyorni faqatgina soch turmagi Lopesga o‘xshaydi, qolganini esa rakurs va kompyuter grafikasining o‘zi hal qiladi. Asosiysi esa turli sahnalarni deb Jennifer hayoti xavf ostida bo‘lmaydi.

Riz Uizerspun

Foto: Cosmopolitan

Suratga bir qarashda ularning qay biri haqiqiy Riz ekanini bilish qiyin. Siz-chi, topa olishga muvaffaq bo‘ldingizmi?

Ben Afflek

Foto: Cosmopolitan

O‘xshash soch va soqolli dublyor aktyorning egizagi emasmi, degan shubha paydo bo‘ladi.

Sharliz Teron

Foto: Cosmopolitan

Nozik, sariq sochli aktrisaga blokbasterlardagi rollar juda ham yarashadi. Shunga qaramasdan, suratga olish jamoasi ba’zi dubllarni professionallarga ishonishni afzal biladi.

Emi Shumer

Foto: Cosmopolitan

Mallarang o‘rilgan soch bilan aktrisa Emi Shumerga quyib qo‘ygandek o‘xshagan.

Elison Xannigan

Foto: Cosmopolitan

Ushbu suratda “Amerikancha pirog” yulduzini suratga olish oralig‘​idagi tanaffusda o‘​zining bir qancha dublyorlari bilan birgalikda dam olayotganini ko‘​rish mumkin.

Rupert Grint

Foto: Cosmopolitan

Qalin sochli aktyorga o‘xshash dublyor topishning o‘zi ba’zida filmning yarim muvaffaqiyatini ta’minlaydi.

Arnold Shvartsenegger

Foto: Cosmopolitan

Muskulli, baquvvat aktyorga dublyor kerak bo‘lmaydi deb o‘ylaganlar yanglishadi. Ba’zi kadrlarda Arnold o‘rnini unga o‘xshash dublyor egallaydi.

Silvester Stallone

Foto: Cosmopolitan

Silvesterga uning o‘zi kabi muskulli dublyori bir necha marta yordam bergan.

Uma Turman

Foto: Cosmopolitan

Ba’zida Uma bajarishi kerak bo‘lgan murakkab jang elementlari uchun qo‘shimcha kuch, ya’ni dublyor jalb qilingan.

Benedikt Kamberbetch

Foto: Cosmopolitan

Britaniyalik aktyor hayot sarguzashtlarga to‘la. U bir guruh bezorilar tomonidan o‘g‘irlangan odamni aktyorning o‘zi qutqargan. Shunda kelib chiqib Benediktga dublyorning keragi yo‘q degan xulosaga kelish mumkin, lekin unday emas. Kemberbetchdek drama aktyorini avaylash uchun jang sahnalarida uning dublyori yordamidan foydalaniladi.