Shotlandiyalik Jasmin Chizvell afsonaviy Gollivud yulduzi Merilin Monroga taqlid qilingan suratlari bilan mashhurlikka erishdi. Marhum aktrisaning 27 yoshli qiyofadoshi Instagram’dagi sahifasiga unga ikki tomchi suvdek o‘xshash suratlarni joylaydi.
Shuningdek, Jasmin Vogue jurnali uchun suratga tushadi va muntazam ravishda YouTube’dagi reklama kompaniyalarida ishtirok etadi. Uning TikTok sahifasiga allaqachon 9,2 million kishi obuna bo‘lgan.
Jasmin Chizvell AQShga 2016-yilda Janubiy Lanarkshirning Karluk shahridan ko‘chib kelgan. Nyu-York akademiyasida kino ijodkorligi bo‘yicha magistr darajasini olganidan so‘ng u ijtimoiy tarmoqlarda o‘z faoliyatini davom ettirishga qaror qilgan.
“Men har doim Merilin va uning filmlari uslubini yaxshi ko‘rar edim, shuning uchun kundalik hayotda retro-uslubda kiyinishni boshladim. Ko‘p odamlar menga Merilinga juda o‘xshashligimni aytadi”, − deydi aktrisa.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq u turmush o‘rtog‘i musiqachi Maverik Maknill bilan birgalikda Merilin Monro yashagan uyni 2,7 million dollarga sotib olgan.