“Barselona” sobiq prezidenti Xosep Bartomeu jamoa sardori Lionel Messi va katalon klubi o‘rtasidagi shartnoma nusxasi OAVda tarqalib ketganiga sharh berdi.
Shartnomani men oshkor qilganim haqidagi gaplar mutlaqo yolg‘on.Avvalroq Messi ushbu ma’lumotlarni e’lon qilgan gazeta va yana besh nafar kishini sudga bermoqchi ekani, ular ichida Bartomeu ham borligi xabar qilingandi.Bu juda jiddiy muammo, professionallar shartnomasini oshkor qilish taqiqlangan. OAVda chiqish qilib, kimnidir ayblash oson, biroq bu yerda hazil ketmaydi, bu ish sudgacha boradi.
Messi sport va tijorat nuqtayi nazaridan o‘zi ega chiqadigan barcha narsaga munosib. Agar pandemiya bo‘lmaganidan klub bu pullarni muammosiz to‘lagan bo‘lardi.
Xosep Bartomeu, “Barselona” sobiq prezidenti
Eslatib o‘tamiz, El Mundo nashri Messi va jamoa o‘rtasidagi 2017-yilda tuzilgan hamda 2021-yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadigan shartnoma nusxasini qo‘lga kiritgandi. Shartnomaga ko‘ra, Messi hozirga qadar ushbu shartnoma tufayli 511 million yevro ishlab topgani va bu kelishuv unga umumiy miqdorda 555 million yevro keltirishi ma’lum bo‘lgandi.
Mavzuga doir:
- “Barselona”da og‘ir damlar: Kataloniya klubining qarzlari 1,2 mlrd yevroga yetdi
- Lionel Messi: “Xosep Bartomeu meni uzoq yillar davomida juda ko‘p aldadi”
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)