Yevropa Superligasiga asos solingan taqdirda mazkur musobaqada qaysi jamoalar ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi.

Foto: Yandex Photos

Klublar UEFA va FIFAga qarshi turishga tayyor hamda 2022/23-yilgi mavsumdan start olishi kutilayotgan yangi musobaqaning detallarini muhokama qilishda davom etmoqda.

Musobaqada 20 ta jamoa ishtirok etadi, ulardan 15 tasi muntazam ishtirokchilar bo‘ladi. Ular: “Inter”, “Milan”, “Yuventus”, “Arsenal”, “Chelsi”, “Liverpul”, “Tottenhem”, “Manchester Siti”, “Manchester Yunayted”, “Atletiko”, “Barselona”, “Real”, “Bavariya”, “Borussiya D” va PSJ.

Har bir jamoa yiliga kafolatlangan 350 million yevro miqdoridagi pulga ega bo‘ladi. Jamoalar har birida o‘ntadan ishtirokchiga ega ikki guruhga ajralishi mumkin. O‘z guruhida dastlabki to‘rtta o‘rinni egallagan jamoalar pley-off bosqichiga yo‘llanma oladi, deya xabar qilmoqda Football Italia.

Shu bilan birga UEFA ham Chempionlar Ligasining formatini shunga o‘xshash qilib o‘zgartirmoqchi. Musobaqani 2024—2027-yillarda yangi tizim bo‘yicha o‘tkazish reja qilingan. Unda har bir klub kamida o‘ntadan o‘yinda ishtirok etadi.

Avvalroq FIFA, UEFA va qolgan barcha mintaqa konfederatsiyalari Yevropa Superligasida qatnashgan jamoalarni o‘z tasarrufidagi musobaqalardan chiqarib yuborishini ma’lum qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!