Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 14-yanvar kuni “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Hujjat 27-1 modda — “O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashning alohida shartlari” bilan to‘ldirilgan.

O‘zgartirishlarga ko‘ra:

  • O‘zbekiston fuqarolarining shaxsiy ma’lumotlari jismoniy jihatdan O‘zbekiston hududida joylashgan va Davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tgan texnik vositalar yordamida qayta ishlanishi kerak;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish talabi axborot texnologiyalari, shu jumladan, internet orqali ma’lumotlarni qayta ishlashga taalluqli;
  • ma’lumotlarni lokalizatsiya qilish, yig‘ish, tizimlashtirish va saqlash talabi mulkdorda yoki operatorning zimmasida hisoblanadi.
O‘zgartirishlar uch oy ichida — aprel o‘rtalaridan boshlab kuchga kiradi.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ikki yil oldin — 2019-yilning yanvarida qabul qilingan va o‘sha yilning 1-oktabridan kuchga kirgan.

Shaxsiy ma’lumotlar ma’lum bir shaxsga tegishli bo‘lgan, uni aniqlashga imkon beradigan elektron, qog‘oz va (yoki) boshqa moddiy vositada yozilgan ma’lumotlarni anglatadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda 2022-yilda o‘rtacha oylik ish haqi qancha bo‘lgani ma’lum qilindi
Sport
Muxlislar “Roma” futbolchisi haqida: “Qo‘rqoqlar va sotqinlar ketishi lozim”
Sport
Karlo Anchelotti: “Barselona”dan 5 ochko ortdamiz, biroq oldinda hali uzoq yo‘l bor