Toshkentda 17 yoshli maktab o‘quvchisi muqaddam sudlangan 47 yoshli otasini pichoqlab qo‘ydi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, 22-yanvar kuni soat 01:00 da Yakkasaroy tumani IIO FMB navbatchilik qismiga Shota Rustaveli ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylardan biridagi xonadonda oilaviy kelishmovchilik yuzaga kelgani haqida xabar kelib tushgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari tegishli manzil bo‘yicha yetib borib, 47 yoshli muqaddam sudlangan A.I.ni pichoqlangan holda topgan. A.I. tibbiyot muassasasiga yetkazilgan, biroq shifokorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan, erkak vafot etgan.
Aniqlanishicha, hodisaga A.I. va uning 17 yoshli o‘g‘li, o‘rta maktab o‘quvchisi o‘rtasida yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo‘lgan.
Avvalroq Qashqadaryoda mast erkak xotini va qaynsinglisini pichoqlagani, shuningdek, buxorolik ayol rashk sabab erini pichoqlab qo‘ygani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir:
Izoh (0)