Bugun,

  • USD 10920.28
  • RUB 177.49
  • EUR 11052.42

Londonning “Arsenal” klubidagi uzoq yillik faoliyatidan so‘ng asli turk millatiga mansub bo‘lgan germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil “to‘pchilar” bilan xayrlashdi. Uning keyingi manzili “Fenerbahche” klubi bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarga alohida mehr beradigan O‘zil klub va jamoa muxlislariga xayrlashuv maktubini yozmasdan keta olmasdi. Va shunday bo‘ldi ham, u Instagram sahifasida hammasi uchun barchaga minnatdorchilik bildirib, o‘zining ta’sirli dil izhorlarini bildirdi. “Daryo” quyida o‘quvchilar uchun ushbu xayrlashuv maktubini o‘zbek tilida havola etadi.

Foto: le360
Aziz, “kanonirlar”. 7,5 yil. Taxminan, 3000 kun. Londonda shuncha vaqt bo‘lganimdan keyin bu maktubni yozish biroz g‘alati tuyulmoqda. Men bu yerga kelganimdan beri o‘zimni xuddi uydagidek his qilganman. Klubning barcha xodimlari, jamoadoshlarim va eng muhimi, aqlbovar qilmaydigan muxlislar meni ochiq ko‘ngil bilan kutib olgan. 2013-yilning sentabr oyida Arsen Vengerning menga bildirgan ishonchidan doimo minnatdorman. Har doim o‘z uyim deb ayta oladigan Shimoliy Londonda men ulg‘aydim. Buni hech qachon unutmayman. Shu vaqt davomida “Arsenal”da o‘tkazgan vaqtimda ko‘plab parvoz va muvaffaqiyatsizliklarni boshdan kechirdim. 250 dan ortiq o‘yin, 44 ta gol va 71 ta golli uzatma, ammo endi “Arsenal” bilan yo‘llarimiz ayro tushmoqda.

Biz birgalikda 9 yillik tanaffusdan keyin bunga munosib bo‘lgan muxlislarga uzoq kutilgan sovrinlarni taqdim etdik. Men klub va muxlislarga bo‘lgan muhabbatimni so‘z orqali ifodalashga qiynalaman. Axir qanday qilib birgina xat bilan 8 yillik minnatdorchilikni tasvirlash mumkin?! Anchadan beri o‘ynamaganimga qaramay, jamoani har bir o‘yinda qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Men butun umr “kanonir” bo‘lib qolaman – bunga hech qanday shubha yo‘q. Hozir biz jamoani odatdagidan-da ko‘proq qo‘llab-quvvatlashimiz va u uchun turib berishimiz zarurdir. Bu mavsum har bir Premyer Liga jamoasi uchun og‘ir kechmoqda, shuning uchun biz natijalardan qat’i nazar hozirgi tarkib va personalni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak.

Hale End’dan (“Arsenal” akademiyasi) ba’zi yigitlarning asosiy tarkibga qo‘shilishlarini ko‘rish juda yoqimli bo‘ldi. Barchamizga ma’lumki, ular bizning klubimizning kelajagi va ularga omad tilayman! “Emireyts”da ismim kuylaganini eshitganimdagi hissiyotlarni hech qachon esimdan chiqarmayman, jamoa libosini ilk marta kiyganimdagi xotiralar esa men bilan butun umrga qoladi”.

“Arsenal”dagi vaqtim haqida juda ko‘p yozildi, ayniqsa, so‘nggi oylarda. “Arsenal” – nufuzli va yuqori darajadagi klub, men buni har safar maydonga tushganimda his qilardim. Futbolchilar, xodimlar va rahbariyat kelib, ketaveradi, ammo klub qadriyatlari va muxlislar abadiydir. Hurmat va qadr-qimmat prinsiplari hech qachon unutilmasligi kerak. Bu klubdagi har bir insonning mas’uliyati, ular ushbu qadriyatlar uchun ish olib borayotganini esdan chiqarmasligi kerak. Yuqorida aytganimdek, o‘tgan so‘nggi bir necha oy oson bo‘lmadi. Har qanday futbolchi singari, men ham jamoa uchun har daqiqada o‘ynashni xohlardim. Ammo hayotda hamma narsa siz xohlagan yoki kutgandek bo‘lmaydi, ammo muhimi, hayotdan salbiy emas, balki ijobiy narsalarni izlash. Shuning uchun men afsuslanmasdan yashashga harakat qilaman va hech kimga hech qanday gina ushlaganim yo‘q. “Arsenal” – shunchaki futboldan ko‘proqdir. Maydonda yordam berishga harakat qilganim kabi, iloji boricha London jamoatchiligining ham a’zosi bo‘lishga harakat qildim. Shimoliy London meni o‘z lageriga qabul qildi va har bir yangi mavsumda ushbu ajoyib jamoani xursand qilishga harakat qildim. Garchi, Shimoliy Londonni tark etgan bo‘lsam-da, bu narsalar to‘xtamaydi. Bu bir bobning tugashini anglatadi, xolos. Ammo bu ajoyib klub bilan aloqam hech qachon tugamaydi. Men xayrlashmayman, balki ko‘rishguncha deyman. Butun dunyo bo‘ylab “Arsenal” muxlislariga YaGunnersYa deyman.

Mesut O‘zil, futbolchi

O‘zil 2013-yildan buyon “Arsenal” libosini himoya qilib kelardi. Undan avval yarim himoyachi “Real”, “Verder” va “Shalke-04” klublarida to‘p surgan.

Mesut londonliklar jamoasida 2020-yilning mart oyidan beri o‘yin amaliyotisiz qolayotgandi. “Arsenal” uni 2020/21-yilgi mavsumda APL va Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmagandi. Uning “kanonirlar” bilan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ilk bor dunyo parlamentlari ayol rahbarlarining sammiti o‘tkaziladi
Mahalliy
O‘zbekistonda 6 oyda qancha aviaparvoz amalga oshirilgani ma’lum qilindi
Dunyo
Rossiya elchixonasi AQSHni Ukrainadagi mojaroga aralashgani uchun harbiy to‘qnashuv xavfidan ogohlantirdi