“Arsenal” yarim himoyachisi Mesut O‘zil londonliklar bilan amaldagi shartnomasini bekor qildi.
Foto: Twitter
Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi faoliyatini Turkiyaning “Fenerbahche” klubida davom ettiradi. Buni futbolchining o‘zi va istanbulliklar klubi matbuot xizmati rasman tasdiqladi.
O‘zil oilasi bilan Turkiyaga yetib bordi, 18-yanvar kuni transfer rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.
Bilgilendirme | Kulübümüz, transfer süreçlerini ilerletmek için Mesut Özil’i İstanbul'a getiriyor. 💛💙
Club Statement: Our club is bringing Mesut Özil to Istanbul to continue the transfer processes. pic.twitter.com/Wt0gR8xRSk— Fenerbahçe SK (@Fenerbahce) January 17, 2021
O‘zil 2013-yildan buyon “Arsenal” libosini himoya qilib kelardi. Undan avval yarim himoyachi “Real”, “Verder” va “Shalke-04” klublarida to‘p surgan.
Mesut londonliklar jamoasida 2020-yilning mart oyidan beri o‘yin amaliyotisiz qolayotgandi. “Arsenal” uni 2020/21-yilgi mavsumda APL va Chempionlar Ligasi qaydnomasiga kiritmagandi. Uning “kanonirlar” bilan shartnomasi 2021-yilning yoziga qadar mo‘ljallangandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!