• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    SSSR dohiysiga tajovuz. Brejnevga qarshi uyushtirilgan sirli suiqasd tarixi

    1969-yil 22-yanvarda KPSS Markaziy Qo‘mitasi bosh kotibi Leonid Brejnevning hayotiga suiqasd uyushtirildi. Shu kuni Moskvada “Soyuz-4” va “Soyuz-5” kosmik kemalarining fazogirlari bilan bo‘ladigan tantanali uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rilayotgandi. Kortejdagi mashinalar Kremlga kirayotganda ularni Sovet armiyasining kichik leytenanti Viktor Ilin o‘qqa tutdi. Bu SSSR bosh kotibi Brejnev hayotiga qarshi uyushtirilgan eng mashhur suiqasd edi. “Daryo” mazkur suiqasd haqida hikoya qiladi. 

    Armiyadan qochgan ofitser

    1969-yil 20-yanvardan 21-yanvarga o‘tar kechasi, Lomonosov shahridagi 61-geodeziya harbiy otryadida xizmat qilayogan ofitser Viktor Ilin navbatchi yordamchisi sifatida o‘z xizmatini boshladi. Ertalab, uning boshlig‘i nonushta qilish uchun ketganida, u ikkita Makarov to‘pponchasi va to‘rtta o‘qdonni o‘g‘irlab, bo‘limdan ruxsatsiz chiqib ketadi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Ilin oldindan sotib olingan chipta bilan Moskvaga uchib ketdi. U qurollarni aeroport havfsizlik tizimidan muvaffaqiyatli olib o‘tgan. Poytaxtga yetib kelgan Viktor “Soyuz-4” va “Soyuz-5” kosmik kemalarining fazogirlari bilan uchrashuvni tomosha qilish uchun kelganini aytib, sobiq militsiyachi amakisining uyida tunaydi.

    Soyuz kemalari

    1969-yil 16-yanvarda ushbu “Soyuzlar” dunyoda birinchi bo‘lib ikkita boshqariladigan kosmik kemani bog‘lagan. Natijada, orbitada birinchi marta to‘rtta kosmonavtdan iborat bo‘lgan (V.Shatalov, B.Volinov, A.Yeliseyev, E.Xrunov) eksperimental kosmik stansiya yaratildi. Minglab odamlar Moskva ko‘chalariga chiqib, qahramon kosmonavtlarni kutib olishga oshiqardi.

    O‘q ovozlari

    22-yanvar kuni ertalab amakisining militsiya formasini olgan Ilin uning kvartirasidan chiqib ketdi. U xotirjamlik bilan Borovitskiy darvozasi yonidagi politsiya qurshoviga qo‘shildi va ikkita vzvodning tutashgan yeriga joylashdi, shuning uchun notanish “militsioner”ning mavjudligi qo‘riqchilarda shubha uyg‘otmadi. O‘zi bilan olib kelgan to‘pponchalarni paltosining yenglariga yashirdi. Taxminan soat 14:15 da hukumat avtokarvoni darvozadan kirib keldi. Ushbu marosim mamlakat bo‘ylab jonli efirda namoyish etilgan. Tomosha to‘satdan to‘xtatildi. Odamlar o‘q ovozlarini eshitdi...

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Natija

    Qahramon kosmonavtlar birinchida ketayotgan usti ochiq avtomashinada edi, ular qo‘llarini ko‘tarib, yig‘ilgan odamlarni qutlab borardi. Ilinga ular qiziq emasdi, u ikkinchi mashinani kutardi. Chunki Brejnev doim kortejidagi ikkinchi mashinada o‘tirgan deb ishongan. Bu safar, turli xil manbalarga ko‘ra, Brejnevning mashinasi kortejning oxirida bo‘lgan yoki u mashinalarda umuman yo‘q edi.

    Ilin ikkinchi avtomashinaga qarata 11 marta o‘q uzdi. U ikkita pistoletdan baravariga o‘q uzgandi. Asosiy e’tiborni mashinaning old oynasiga qaratgan. Biroq ZIL-111G avtomashinasida SSSR rahbari emas, balki tantanali yig‘ilish ishtirokchilari bo‘lgan kosmonavtlar: A.Leonov, A.Nikolayev, V.Tereshkova va G.Beregovoylar bor edi. Shu bilan birga, tashqi ko‘rinishidan Brejnevga o‘xshab ketadigan kosmonavt G.Beregovoy haydovchining yonida o‘tirgan edi. Bu holatga chalg‘igan Ilin nishonni aniq oldim deb o‘yladi. Suiqasd oqibatida haydovchi Ilya Jarkov halok bo‘lgan. Kosmonavtlar esa omon qoldi. Beregovoy sachragan shisha parchalaridan jarohat oldi, Nikolayevga o‘q ozgina tegib o‘tdi. Shu bilan birga, Beregovoy avtomobilni boshqarishni o‘z qo‘liga olishga muvaffaq bo‘ldi va uni to‘xtatdi. Xavfsizlik xizmatining mototsiklchisi V.Zatsepilov ham yaralangan. U mototsiklni qotilga qaratib haydagan va uning o‘t ochish sektorini to‘sib qo‘ygan (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, u Ilinni mototsikl bilan urib yuborgan). Shundan so‘ng, kichik leytenant Ilin hibsga olingan.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Xalqdan ma’lumot yashirish mamlakati

    Oradan bir kun o‘tib, “Izvestiya” va “Pravda” gazetalari “TASS”ning qisqa xabarini chop etishdi: “Kosmonavtlarning tantanali yig‘ilishi paytida Leonov, Nikolayev, Tereshkova va Beregovoy bo‘lgan mashinaga o‘q otildi. Avtomobil haydovchisi va unga hamroh bo‘lgan mototsiklchi jarohat oldi. Kosmik tadqiqotchilarning hech biri zarar ko‘rmadi. Otishma sodir etgan shaxs ushlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda”. G‘arb OAVlari esa darhol bu bosh kotib Brejnevning hayotiga qilingan suiqasd ekanini e’lon qilishdi.

    Ilin Jinoyat kodeksining beshta moddasi bilan ayblanib, rasman kosmonavt uchuvchilarning hayotiga suiqasd qilganlikda ayblandi. Tergov davomida jinoyat sodir etish sabablari orasida shaxsiy va siyosiy sabablarning aralashmasi aniqlandi: hayotdagi muammolardan tortib, to demokratik o‘zgarishlarga intilishgacha. U aqldan ozgan deb topilib, ixtisoslashtirilgan psixiatriya kasalxonasiga yotqizilgan. Ilin 1990-yildagina ozodlikka chiqdi.

    Ozroq konspirologiya

    Voqea haqida konspirologik qarashlar ham ilgari surilgan. Maxfiy xizmatlar Ilinni hokimiyat oldida o‘zini ko‘rsatish uchun o‘zlari yollashgan degan versiyalar ham mavjud. Yana, bu voqea KGB ichidagi kurash bilan bog‘liq bo‘lgan, degan qarashlar ham ilgari surilgan. 21-yanvar kuni bo‘linma qo‘mondonligi ofitserning qurol bilan g‘oyib bo‘lgani haqida tegishli organlarga xabar bergan. Ilin Moskvaga uchayotgani ham ma’lum bo‘lgan. Ertasi kuni Ilinning amakisi jiyani formasini o‘g‘irlab ketgani va Kremlga borishi haqida ham xabar bergan. Biroq, ushbu ma’lumotlarga va hibsga olishga yordam beradigan boshqa omillarga qaramay, Ilin to‘xtatilmadi. Shu bilan birga, Brejnev ham xavf ostidan chiqarildi, bosh kotib boshqa mashinaga ko‘chirildi va uning mashinasi o‘rnini kosmonavtlar bo‘lgan mashina egalladi. Juda sirli voqealar rivoji...

    Brejnevga nisbatan boshqa suiqasdlar

    Shundan keyin Sovet Ittifoqida Brejnevga nisbatan boshqa suiqasd bo‘lmadi. Ammo uni chet elda yo‘q qilishga urinishlar bo‘lgan. Leonid Ilich SSSR KPSS Markaziy komiteti bosh Kotibi bo‘lishdan oldin ham xavfli hodisalarni boshidan kechirgan. 1961-yil fevral oyida Brejnev rasmiy tashrif bilan Gvineya Respublikasiga bordi. Jazoir osmonida uchib ketayotgan Brejnev samolyotining yonida harbiy samolyotlar (ehtimol fransuzlarniki) paydo bo‘ldi, ular xavfli manevr qilishni boshladilar va Sovet samolyotiga qarata ikki marta o‘q uzdilar. Fransiya eski mustamlakachi davlat edi va SSSR’ning fransuz sobiq mustamlakalaridagi faoliyatiga to‘sqinlik qilishni istardi.

    1977-yil yozida esa Leonid Ilich Parijga tashrif buyurishi va Fransiya prezidenti Valeriy Jiskar d‘Esten bilan muzokaralar o‘tkazishi kerak edi. SSSR davlat xavfsizlik organlari amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan suiqasd haqida ma’lumot olishdi. Olingan operativ ma’lumotlarga ko‘ra, snayper Brejnevni G‘alaba arkasi yonidagi Mangu olovga gulchambar qo‘yish paytida o‘ldirishi kerak edi. Vaziyat xavfli edi: shu paytgacha Fransiyadagi ekstremistlar prezident de Gollning hayotiga bir necha bor suiqasd qilishgan. Sovet va fransuz maxsus xizmatlari ehtiyot choralarini ko‘rdi. Birgina G‘alaba arkiga olib boradigan ko‘chalarda 12 ming politsiyachi va 6 ming o‘t o‘chiruvchi to‘plangan. Natijada, suiqasdga urinishning oldi olindi. Brejnev 1977-yil 21-iyunda xotirjamlik bilan abadiy olovga gul qo‘ydi va muzokaralardan so‘ng o‘z vataniga qaytdi.

    1978-yil may oyida Brejnev Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyurdi. Davlat xavfsizlik qo‘mitasi kansler Helmut Shmidt bilan Augsburg qal’asida bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan suiqasd harakati to‘g‘risida xabardor bo‘ldi. SSSR yetakchisi favqulodda kirish yo‘li orqali olib ketildi, bu ehtiyotkorlik balki o‘shanda suiqasdning oldini olgan bo‘lsa ne ajab.

    Davlat rahbarlariga qarshi suiqasdlar tarixda juda ko‘p uchraydi. Ularning eng mashhuri esa shubhasiz AQSH prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishi edi. Ammo bu endi umuman boshqa hikoya.

    Nurbek Alimov tayyorladi

    22.01.2021, 12:42   Izoh (0)   101760
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Musulmon mamlakatlar aholisi uchun cheklov bekor qilindi, Meksika bilan chegarada esa devor qurilmaydi. Bayden prezidentlikning birinchi kuniyoq Trampning eng bahs...

    22.01.2021, 12:31

    Bayden razvedkaga Navalniyning zaharlanishi va AQShga uyushtirilgan kiberhujumni o‘rganish topshirig‘ini berdi

    22.01.2021, 09:42

    Bemor ayolning boshqa shifoxonaga yupun kiyimda ko‘chirilgani sabab bo‘lib o‘tgan noroziliklar ortidan Mo‘g‘uliston bosh vaziri iste’fo berdi

    22.01.2021, 08:25

    BAA va Vengriyada “Sputnik V” vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

    22.01.2021, 07:24

    Turkmaniston koronavirusga qarshi “Sputnik V”dan tashqari boshqa vaksinalarni ham ro‘yxatdan o‘tkazadi

    22.01.2021, 06:54

    AQSh hukumati Oq uy saytidagi yashirin e’lon orqali dasturchilarni ishga taklif qildi

    22.01.2021, 06:23
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.