Toshkentning Bektemir tumanida Howo og‘ir yuk mashinasi va Cobalt ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yengil mashina yo‘lovchisi vafot etdi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkentda F.M. ismli fuqaro turmush o‘rtog‘i bilan birgalikda Cobalt avtomashinasida yo‘lning xavfli burilish joyida tezlikni kamaytirgan. Shu vaqtda Bektemir tumani tomonidan xavfli burilishga kelgan haydovchi R.M. (1997-yilda tug‘ilgan) boshqaruvidagi Howo og‘ir yuk avtomobili qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketgan.
“F.M. imkon qadar avtomobilini chetgan olishga harakat qilgan, ammo og‘ir yuk avtomobilining haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi va yuk tortib ketishi natijasida u Cobalt ustiga ag‘darilgan”, — deyiladi xabarda.
To‘qnashuv natijasida Cobalt avtomashinasida bo‘lgan yo‘lovchi K.M. (1988-yilda tug‘ilgan) og‘ir tan jarohatlari bilan voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan O‘rta Chirchiq tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Buxoroda issiq asfalt ortilgan yuk mashinasi 33 yoshli erkak ustiga ag‘darilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Izoh (0)