Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining qoldirilgan 1-tur bahsida “Liverpul” 21-yanvar, payshanba kuni “Byornli”ni qabul qildi.

Foto: Twitter

Uchrashuvda ustunlikka ega bo‘lgan mersisaydlar buni hisobda aks ettira olmadi. 83-daqiqada Eshli Barns penaltini aniq ijro etgan holda mehmonlarga g‘alaba keltirgan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa “Liverpul”ning Premyer Liga 68-o‘yindan iborat uy uchrashuvlaridagi mag‘lubiyatsiz seriyasiga yakun yasaldi.

“Qizillar” 34 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda va peshqadam “Manchester Yunayted”dan olti ochko ortda qolgan. “Byornli” esa ochkolarini 19 taga yetkazib olib, 16-pog‘onaga ko‘tarildi.

APL

1-tur bahsi

21-yanvar, payshanba

“Liverpul” — “Byornli” 0:1

Gol: 0:1 – 83, penalti Barns.

“Liverpul”: Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, Matip, Fabinyo, Tiago Alkantara, Oksleyd-Chemberlen (Firmino, 57), Shakiri (Minamino, 84), Veynaldum, Mane, Origi (Saloh, 57).

“Byornli”: Poup, Mi, Louton, Teylor (Piters, 50), Tarkovski, Vestvud, Breydi (Gudmundsson, 65), Braunhill, Maknil, Vud, Barns.

Ogohlantirishlar: Barns (39), Fabinyo (45), Matip (87).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!