Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 11—17-yanvar kunlari  COVID-19 infeksiyasi oqibatida dunyo bo‘ylab 93,9 (+9%) mingta o‘lim holatini qayd etdi. Bu pandemiya boshidan buyon kuzatilgan rekord ko‘rsatkichdir, deb yozmoqda “Kommersant”.

Foto: CNN

Foto: CNN

Oxirgi marta eng yuqori o‘lim ko‘rsatkichi 86,4 ming nafarni tashkil qilgandi. Butun dunyoda koronavirus qurbonlari soni 2 milliondan oshdi.

Amerikada — 43,8 ming, Yevropada — 37,7 ming, Afrikada — 5 ming, Janubi-Sharqiy Osiyoda — 3,4 ming kishi mazkur kasallik oqibatida vafot etgan.

O‘lim darajasining o‘sishi barcha mintaqalarda kuzatilgan. Afrika, Sharqiy O‘rtayer dengizi va G‘arbiy Tinch okeani hududlarida kasallanish holati oshgan.

11–17-yanvar kunlari 4,7 million kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu pandemiya boshidan beri qayd etilgan ikkinchi o‘rindagi eng yuqori ko‘rsatkichdir. Bundan oldingi bir hafta mobaynida 5 million kishida kasallik qayd etilib, virusga chalinish bo‘yicha rekord yangilangandi.

Avvalroq butun dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlar soni 95 million kishidan oshgani, AQShda esa infeksiya yuqtirganlar 24 million 62 ming nafarga yetgani xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, JSST 2021-yilda COVID-19’ga nisbatan jamoaviy immunitet paydo bo‘lmasligini ma’lum qilgan.

 

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi