Daryo

JSST pandemiyaning ikkinchi yili “birinchisidan-da og‘irroq bo‘lishi mumkin”ligidan ogohlantirdi

Tashkilot virus tarqalishi mavsumiy holat va sovuq tufayli tezlashganini bildirgan

1 daqiqa o‘qish95 122 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Reuters

Koronavirus pandemiyasining ikkinchi yili birinchisiga nisbatan og‘irroq kechishi mumkin. “RBK”ning yozishicha, bu haqda JSSTning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlar bo‘yicha dasturi rahbari Maykl Rayan ma’lum qildi.

Foto: Reuters

“Biz (pandemiyaning) ikkinchi yiliga kirmoqdamiz, u biz kuzatayotgan ayrim muammolar va virusning yuqish dinamikasini inobatga olgan holda yanada og‘irroq bo‘lishi mumkin”, — degan u.

Rayannning ta’kidlashicha, Shimoliy yarim sharda, ayniqsa Yevropa va Shimoliy Amerikada mutaxassislar “ideal mavsumiy bo‘ron — sovuq, odamlar (binolarga) kirib borishi, ijtimoiy aralashishning kuchayishi” kuzatildi. Bu va boshqa omillar ko‘plab mamlakatlarda koronavirusning yuqishi tezlashishiga olib keldi, deb hisoblaydi JSST dasturi direktori.

13-yanvar kuni JSST COVID-19 bilan kasallanish pandemiya boshlanganidan beri rekord darajada o‘sganligi — 5 millionta holat qayd etilgani haqida xabar bergandi. Tashkilot kasallanish ko‘rsatkichi birinchi navbatda Shimoliy va Janubiy Amerikada o‘sganligini ma’lum qilgan. U yerda qayd etilgan yuqish holatlari bir hafta davomidagi barcha yangi kasallanish holatlarining 51 foizini va o‘limlarning 45 foizini tashkil etgan.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 90,33 milliondan ortiq kishi koronavirusga chalingan. O‘limlar soni 2 millionga yaqinlashdi va 1,95 million kishini tashkil etdi.

Tashkilot, shuningdek, yangi shtamm paydo bo‘lgani xavfidan ham ogohlantirdi. JSST rahbari Tedros Gebreyesusning ta’kidlashicha, virusning keng tarqalishi bilan yangi mutatsiyalar xavfi ham oshadi. Xususan, AQShda koronavirusning ikkita yangi shtammi aniqlangani ma’lum qilindi. Ular ham “britancha” shtamm kabi avvalgisiga qaraganda tezkor tarqaladi.

Avvalroq JSST eksperti, professor Devid Xeymann koronavirus endemik bo‘lib qolishi mumkinligi va odamlar u bilan yonma-yon yashashga o‘rganishini aytgandi. Mavzuga doir:

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar