Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolovning “Daryo”ga xabar berishicha, farzandining yotoqxonasida giyohvand modda saqlab kelgan shaxs qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, 2021-yilning 17-yanvar kuni Jondor tuman IIB xodimlari tomonidan murojaatga asosan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbirda tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi shubhada bo‘lgan 43 yoshli Sh.S.ning yashash uyi va uning atrofi o‘rganilgan.

Tadbir davomida kuzatuvda bo‘lgan fuqaro xonadonining bolalar yotoqxonasidan giyohvand modda topilgan bo‘lib, u viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limida tekshirib ko‘rilgan. Xulosaga ko‘ra, topilgan modda tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud bo‘lgan marixuana ekanligi aniqlangan. Uning quritilgan holdagi sof vazni 1,60 grammni tashkil qilgan.

Holat yuzasidan tuman IIB tomonidan Sh.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Ilon Mask Twitter’da Apple reklamalari tiklanganini e’lon qildi
Dunyo
Turkiyaning Kizilelma qiruvchi droni ilk parvozni amalga oshirdi (video)
Dunyo
Xitoy Rossiyaga harbiy yordam ko‘rsatdimi?