Daryo

Toshkent—Bekobod yo‘lidagi belgi ostiga yashirib ketilgan salkam 2 kg opiyni olib ketmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni ham aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

1 daqiqa o‘qish31 906 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo”

Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan giyohvand moddalar savdosiga qarshi o‘tkazilgan tadbirda 2 kilogramm opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga DXXdagi manbalari xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent viloyatining Bekobod shahrida yashovchi E.J. Lada Largus rusumli avtomashinada kelib, Toshkent—Bekobod avtomagistral yo‘lidagi 91-yo‘l belgisining tag qismiga yashirib ketilgan opiy giyohvand moddasini olib ketayotgan vaqtida DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Giyohvand moddasi 2 dona o‘ramda bo‘lib, umumiy og‘irligi 1 kilogramm 908 gramm bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu giyohvand modda Tojikistondan aylanma yo‘llar orqali O‘zbekiston hududiga olib o‘tilgan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari doirasida ushbu ishlarga aloqador boshqa shaxslarni ham aniqlash bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Avvalroq Toshkentdagi sheriklariga giyohvand modda yetkazib berish uchun yo‘lga chiqqan samarqandlik fuqaro qo‘lga olingani, Urganchda 28 gramm opiy giyohvandlik vositasini 12 million so‘mga sotgan 50 yoshli ayol qamoqqa olingani, Namanganda YPX postidan yarim kiloga yaqin gashish giyohvand moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxs ushlangani xabar berilgan edi.

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar