Milliarder Richard Brensonning Virgin Orbit kompaniyasi LauncherOne raketa-tashuvchisini muvaffaqiyatli uchirdi. Bu haqda kompaniyaning Twitter’dagi sahifasi orqali ma’lum qilingan.
“Kompaniya raketani start balandligiga olib chiqish uchun modifikatsiyalangan Boeing-747’dan foydalandi. U belgilangan nuqtaga raketa-tashuvchini tashlaydi, u esa o‘z dvigatellarini ishga tushirib, kerakli yukni orbitaga olib chiqadi”, — deyiladi xabarda.
https://twitter.com/Virgin_Orbit/status/1350960438444511232
2020-yilning mayida bu kabi tizimning sinovi muvaffaqiyatsiz yakunlangan edi — o‘shanda raketa Boeing’dan tashlangach, o‘z dvigatellarini ishga tushira olmagan.
17-yanvar kungi uchirishni kompaniya NASA manfaatlari uchun amalga oshirgan.
Virgin Orbit’ning hisoblashicha, uchirish bo‘yicha kompaniya tomonidan yaratilgan model raketa-tashuvchilarni an’anaviy ravishda vertikal uchirishdan ko‘ra arzonroq bo‘ladi.
Virgin Orbit — Brensonning kosmik turizm bilan shug‘ullanishni rejalashtirgan Virgin Galactic kompaniyasidan 2017-yilda alohida ajralib chiqqan kompaniya.
Izoh (0)