Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 162 ta maktab va 156 ta maktab filiali qo‘lbola pechlar orqali isitiladi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati rahbari Laylo Rustamova AOKAda o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.

Kadr: UzReport

Kadr: UzReport

Ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston bo‘yicha mavjud jami 10 008 ta umumta’lim maktabi va ixtisoslashtirilgan maktab internatining 3310 tasi tabiiy gaz manbalari orqali isitilmoqda. Shuningdek, maktablarning 23 tasi suyuq yoqilg‘i, 6671 tasi ko‘mir (briket), 4 tasi elektr toki orqali isitiladi.

Ularning isitilish turi quyidagicha:

  • 1036 ta maktab — markazlashgan issiqlik tarmog‘i orqali;
  • 8810 tasi — lokal isitish tarmog‘i orqali;
  • 162 tasi — qo‘lbola (burjuy) pechlar orqali.
Bundan tashqari, ta’kidlanishicha, jami 1196 ta maktab filialining 118 tasi tabiiy gaz, 1 tasi suyuq pech yoqilg‘isi, 1062 tasi ko‘mir (briket) yoqilg‘isi, 15 tasi elektr toki manbalaridan foydalanib isitiladi.

“Qo‘lbola pechlar orqali isitilayotgan maktablarda o‘quvchilarning is gazidan zaharlanishi ehtimoli yuqori. Chunki qo‘lbola pechlar sinf xonalarining ichki qismiga, o‘quvchilarga yaqin qilib o‘rnatilgan”, — deydi vazirlik rasmiysi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning iyun oyida Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Abdug‘ani Himmatov viloyatdagi mavjud 1144 ta maktabning 294 tasi qish mavsumida haligacha “burjuyka” pechda isitilayotganini ma’lum qilgandi. Iyul boshida esa xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan Toshkentdagi yangi ta’mirlangan maktablar haqidagi videorolikdan keyin “Qachon viloyatda bo‘ladi?” deb qoldirilgan izohlarga javob berib, maktablarga sharoit yaratishda ko‘p masala hokimlarga bog‘liq ekanini aytgandi. Shuningdek, O‘zbekistondagi salkam 1200 ta maktab filiali faoliyati tugatilishi va ular bosqichma-bosqich ravishda to‘laqonli maktablarga aylantirilishi xabar qilingan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda IIB xodimi xizmat vazifasini bajarayotgan vaqtida o‘ldirib ketildi
Madaniyat
Bir-biriga mutlaqo qarama-qarshi rollarni o‘ynab, tomoshabinlarni ishontira olgan aktyor va aktrisalar (foto)
Dunyo
“KamAZ”da harbiylarni bosib ketgan: Qozog‘istonda yanvar voqealari ishtirokchisi 17 yilga qamaldi (video)