• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonlik o‘quvchining buzilgan ko‘prik masalasida hokimga murojaatidan so‘ng ko‘prik ta’miri boshlab yuborildi

    Ijtimoiy tarmoqlarda andijonlik bolaning hokimlarga ta’mirtalab ko‘prikni to‘g‘rilab qo‘yishni so‘rab yo‘llagan murojaati e’lon qilindi. Videodagi suhbatdan ayon bo‘lishicha, voqea Asaka shahrining Amir Temur ko‘chasida joylashgan ko‘prik ustida tasvirga olingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri Asaka shahrida bo‘lib, mutasaddilar bilan shu masalada suhbatlashdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum qilinishicha, ko‘prik Asaka shahrining Amir Temur ko‘chasidagi 4K105 Asaka—Qayrag‘och—Niyozbotir avtomobil yo‘lida joylashgan bo‘lib, Jahon banki guruhi huzuridagi Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi ishtirokidagi “Mahalliy ahamiyatdagi mintaqaviy avtomobil yo‘llarini rivojlantirish” loyihasi doirasida viloyatdagi 20 ta ko‘prik qatorida ta’mirlanishi belgilangan. Qurilish ishlarini amalga oshirish tender natijalariga ko‘ra “Karvon yo‘li” MChJga topshirilgan.

    Loyihaning nazorat bo‘limi mahalliy konsultanti Muhammadjon Azizovning aytishicha, ushbu obyekt 2015-yilda loyihalashtirilgan. Belgilangan rejaga asosan, 2020-yilning noyabr oyida qurilish ishlari boshlanib, ko‘prikka asfalt yotqizilgan. Biroq havo haroratining keskin tushib ketishi natijasida qurilish ishlari yakuniga yetkazilmagan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “O‘sha paytdagi loyihada arzimagan ishlarni bajarish belgilangan. Kelib ko‘prikni ko‘rganimizda esa ko‘prik titilib ketayotganini aniqlaganmiz. Shundan keyin topshirilgan vazifani sifatli qilib yakunlash maqsadida qayta loyiha qilib, qo‘shimcha mablag‘ so‘radik. To‘g‘risi, Jahon bankining mablag‘laridan qo‘shimcha foydalanish masalasi juda qiyin ekan. Bu yerga 2020-yilning noyabr oyida asfalt bosilgan. O‘sha paytda ish bilan birga qo‘shimchalarni qo‘shdirib, yakuniy loyiha tayyorlagandik. Loyiha tayyor bo‘lganda havo harorati keskin pasayishi oqibatida sovuq tushib qoldi. Natijada boshlagan ishimizni tugatishning iloji bo‘lmadi. O‘zingizga ma’lum, mana endi kunlar isishni boshladi. Va bugundan ish boshlandi. Uzog‘i bir hafta ichida qurilishni yakuniga yetkazamiz”, — deydi Muhammadjon Azizov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Loyihaning ko‘priklar bo‘yicha mahalliy konsultanti Bahrom Alimovning ma’lum qilishicha, loyiha 2015-yilda qilingani sababli ko‘prik hozirda o‘sha paytda aytilgan darajada emas.

    “Shu bois, qo‘shimcha kelishuv qilyapmiz. Loyihada yo‘lni tepaga o‘stirish, ikkala tomondagi ‘trotuar’ni asfaltlash ham bor. Lekin shu besh yil ichida ‘trotuar’ning plitasi to‘kilib ketgan, tuz ‘yevorgan’. G‘ildirak to‘xtatuvchini suvash berilgan, lekin bu to‘kilib bo‘lingani uchun vazifasini bajarmaydi. Mana shular natijasida biz uchun qo‘shimcha ish paydo bo‘lgan. Loyihada bunaqa holatlar juda ko‘p. Pudratchiga loyihada yo‘q ishlarni qildiryapmiz”, — deydi Bahrom Alimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Alimovning ma’lumot berishicha, loyihaga 7 ming dollar ajratilgan. Qo‘shimcha ishlar uchun esa yana 5 ming dollarga yaqin mablag‘ talab qilinmoqda.

    “Loyihaga ta’mir uchun 7 ming dollar ajratilgan. Hozir yana 4600 dollarlik qo‘shimcha ish talab qilinmoqda. Ajratilgan mablag‘larning yarmi sarflangan. Sababi ‘trotuar’ asfalt qilinmagan, qilib ham bo‘lmaydi. Bundan tashqari u tomonida ham ish bor. Tutqichlarni bo‘yash ishlari ham qolgan. Ko‘prik o‘zi to‘kilib ketgan. Ochib ko‘rganimizda, qaytadan qilishga majburligimizni bildik. Asosiy asfaltlash ishlari tugagan. Faqat mayda-chuyda ishlari qolgan. Yana qaytaraman, aslida qilayotgan ishlarimizning aksariyati loyihaga kiritilmagan. Shu tufayli ishlarimiz yakuniga yetmadi. Ayni paytda Jahon bankidan bu ko‘prikka 5 ming, Ulug‘nordagi nurab ketgan ko‘prikka 80 ming dollar qo‘shimcha mablag‘ so‘ralmoqda. Shu ikkala ko‘prik muammo bo‘lib turibdi”, — deydi Bahrom Alimov.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Asaka tumani hokimining birinchi o‘rinbosari, shahar hokimi Xursand Yo‘ldoshev ko‘prikning piyodalar uchun ochilgan joyi shu holatga kelganiga bir oy muddat bo‘lganini, ungacha aholi tomonidan doimiy foydalanib kelinganini bildirdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Ko‘prikda o‘tgan yilning noyabr oyida asfaltlash ishlari amalga oshirilgan. Qilinayotgan ishlarning barchasi Jahon banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda. Quruvchilar ham bu yerlik emas. ‘Trotuar’dagi holat bo‘yicha gapiradigan bo‘lsam, ochilgan joyi turganiga bir oy bo‘lyapti. Sababi ungacha doimiy foydalanib kelingan. Noyabr oyida ishlar boshlangan bo‘lsa, o‘sha vaqtda havo sovib ketganligi sababli quruvchilar ishni to‘xtatgan. Ko‘prikda ta’mirlash ishlarini davom ettirish imkoniyati yo‘qligi sababli piyodalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bu tomondagi piyodalar yo‘lakchasidagi harakatni cheklab qo‘yishga majbur bo‘lganmiz. Bundan tashqari tuman hokimi tashabbusi bilan yo‘lning ikkala tomoniga ham bolalar yurishi uchun qo‘shimcha piyodalar yo‘lakchasi qilganmiz. Uni ishlab turgan ‘trotuar’ga yo‘naltirganmiz. Nafaqat yoshlar, balki yoshi kattalar ham biz yo‘naltirgan yo‘ldan yurmaganligini hisobga olib, qurilish tugagunga qadar profilaktika qilish uchun xodimlarni qo‘yishni rejalashtiryapmiz. Ular piyodalarni ishlayotgan ‘trotuar’ga yo‘naltirib turadi. Natijada qurilish ishlari ham to‘xtamaydi, aholi ham qiyinchilikka uchramaydi. Yaqin atrofda maktab bor, yo‘l ochiq. Qatnov katta. Bu yerda ish ham ketaveradi, shunga qarab ‘trotuar’ ham bu yoqqa qarab siljiyveradi”, — dedi Xursand Yo‘ldoshev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shahar hokimi qurilishni bir-ikki kunda ham tugatish mumkinligini, ammo sifat darajasi aytilganidek bo‘lmasligini, biroz ko‘proq muddat ketsa-da, ish davlat standartlari darajasida bo‘lishi lozimligini bildirdi.

    “Ko‘prikning tagidan ‘opalubka’ o‘rnatib, beton quyib, bir-ikki kunda qilinadigan ishni qilib qo‘yaylik dedik. Lekin mutaxassislar tekshirib ko‘rishganda ko‘prikning tagida yoriq va teshiklar borligi aniqlangan. Hozir ‘trotuar’ning ustiga ko‘prikni bog‘lash uchun beton quyiladigan bo‘lyapti. Bunga sabab nima? Mutaxassislarning aytishicha, ‘trotuar’ ko‘prikdan keyin qurilgan. Shu tufayli bog‘lama ham talab darajasida emas. Pudratchilar ishni davlat standarti darajasida to‘liq va sifatli qilib, havo harorati qanday bo‘lishidan qat’i nazar bir haftada yakunlab berishadigan bo‘ldi. Buni tugatib, ikkinchi ‘trotuar’ni ham remont qilishadi. Shaxsan o‘zim shu yerda turib nazorat qilaman”, — dedi shahar hokimi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” muxbiri o‘quvchi bola murojaati yuzasidan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovdan ham munosabat olish maqsadida hokimlik axborot xizmati rahbari Elyor Matisoqov bilan bog‘landi. Biroq Matisoqov viloyat hokimi yig‘ilishda ekanligini aytib, viloyat rahbari “ko‘prik yuzasidan munosabatni tuman hokimidan olsin” degan fikrni bildirganini ma’lum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Daryo” manbasining qayd etishicha, ushbu ko‘prikda qurilish ishlari 2020-yil noyabr oyida emas, 2020-yilning iyul—avgust oyida olib borilgan. ‘Trotuar’ning chekka qismi esa ancha yillardan buyon shunday holatda ekanligini ta’kidlagan.

    Mavzuga doir: 

    • “Menga kelgan xatlarning ko‘pida ‘ko‘prik qurib bering, prezident buva’ deb yozilgan”. Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryodagi yo‘llar haqida
    • O‘zbekistondagi 26 ta ko‘prik ayanchli holatga kelib qolgani ma’lum qilindi
    • Qamashidagi homilador ayollarni olib o‘tib bo‘lmaydigan jin ko‘prik 5,4 mlrd so‘mga qayta quriladi

    16.01.2021, 19:55   Izoh (0)   25663
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda tadbirkorning qo‘lini qayirib, mashinaga solib ketishgani haqida xabar tarqaldi. Voqea yuzasidan rasmiy ma’lumot berildi

    16.01.2021, 18:33

    Shoira Gulchehra Nurullayeva 83 yoshida vafot etdi

    16.01.2021, 18:12

    Namanganda 41 yoshli erkak o‘zganing Nexia’sini minib qochdi. IIBga o‘g‘irlangan mashina haqida uning akasi ma’lumot bergan

    16.01.2021, 16:33

    Shavkat Mirziyoyev: “Ayol bor joyda adolat, haqiqat va mehr-muhabbat yonma-yon yuradi”

    16.01.2021, 15:53

    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga bosh direktor tayinlandi

    16.01.2021, 15:14

    Qayroqqum suv omborida to‘g‘on yorilgani haqida mish-mish tarqatganlar qo‘lga olindi

    16.01.2021, 12:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.