Kapitoliy binosi shiddatli hujum bilan egallanib, Trampning Twitter’dagi akkaunti bloklangandan so‘ng tomoshabinlar uning ishtirokidagi “Uyda yolg‘iz-2” filmidagi sahnani kesib tashlashni talab qilgandi. Tez orada muxlislarning ba’zilari sobiq prezidentni ko‘rinmas odamga aylantirib qo‘ydi, deb yozadi Meduza.

Foto: BuzzFeed

Endilikda film qahramoni Kevin o‘zi bilan o‘zi gaplashganini ko‘rish mumkin, bu juda g‘alati bo‘lsada, ammo tomoshabinlar mamnun. Ammo Trampning o‘rnida barchaning sevimli aktyori Kianu Rivz gavdalangan versiyasi ham taqdim etildi.

Shuningdek, AQShning yangi saylangan prezidenti Jo Bayden ham o‘rin oldi.

Tramp sahnasining muqobil versiyasi ham paydo bo‘lganini Twitter foydalanuvchilari ma’lum qilgan.