Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o‘rinbosari Ravshan Ermatov so‘nggi vaqtlarda keng muhokama sabab bo‘layotgan opa-singil shaxmatchilar Nafisa Mo‘minova, Xulkar va Gulruhbegim Tohirjonova haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, deya xabar qilmoqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov.

Foto: FIDE

“Vazirlikda bu masalani muhokama qilyapmiz. Albatta, bizga bunday sportchilar kerak. Biz ularni qaytarishimiz lozim, O‘zbekiston farzandi O‘zbekiston sha’nini himoya qilishi kerak.

AQSh federatsiyaga o‘tib ketgan sportchini ortga qaytarish rejada bormi? Ha, albatta”, — deydi Ravshan Ermatov.

Eslatib o‘tamiz, Mo‘minovlar oilasining kenja farzandi Gulruhbegim Tohirjonova ayni vaqtda AQShda tahsil olmoqda va u AQSh shaxmat federatsiyasi a’zosiga aylangan.

Avvalroq bu yangilikdan keyin opa-singillar va shaxmat federatsiya o‘rtasida sovuqchilik borligi ma’lum bo‘lgandi.

Mavzuga doir:

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!