• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12778.12
    • RUB164.01
    • EUR14931.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Jorj Bush: 40 yoshida o‘zini o‘nglagan prezident

    Qudratli davlatning bosh qo‘mondoni bo‘lish uchun Jorj Uoker Bush mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishi va eng asosiysi o‘zining ojizliklarini yengishi talab etilardi. “Daryo” nashri AQShning 43-prezidenti  Jorj Bushning prezident etib saylanishi va uning siyosati haqida  hikoya qiladi.

    Silliq kechmagan hayot yoki 40 yoshda kirgan aql

    Jorj Uoker Bush 1946-yilning 6-iyul sanasida Konnektikut shtatining Nyu-Xevn shahrida dunyoga keldi. Dadasi katta Jorj Bush Ikkinchi jahon urushida qatnashdi. 18 yoshli katta Jorj Bush AQSh harbiy dengiz kuchlarining eng yosh uchuvchisi sifatida urushda ko‘rsatgan jasorati sababli uch marta jasurligi uchun nishoni bilan taqdirlandi.

    Foto: Google Photos

    Urushdan so‘ng katta Jorj Bushda davlat xizmatida ishlash ishtiyoqi paydo bo‘ldi. Neft biznesida muvaffaqiyatli faoliyat olib borgan katta Bush 1966-yildan davlat xizmatida ishlay boshlaydi. Faoliyati davomida MRBning direktori va hattoki 1988-yildagi saylovlarda AQShning prezidentligiga ham saylanadi.

    Kichik Bush otasi kabi dastlab Massachusetsdagi Filips akademiyasida tahsil oldi. Biroq otasidan farqli ravishda u basketbol ishqibozi va turli bazm-u jamshidlarning ishtiyoqmandi edi. Maktabni bitirgach, Yel universitetiga o‘qishga kirdi. AQSh Vyetnamda urush olib borardi. Kichik Bush yozgi ta’til paytida Texas shtatida joylashgan milliy gvardiyaning yozgi maktabiga hujjat topshirdi. Milliy gvardiya maktabini tamomlagach, neft kompaniyalaridan birida stajyorlik qila boshlaydi.

    1973-yilda Garvardning biznes maktabiga o‘qishga kirdi. Maktabni tamomlagach, biznes sohasida ishlay boshlaydi, biroq spirtli ichimliklarga bo‘lgan moyillik  kichik Bushga biznesda omad keltirmaydi. Vaziyat shunday yakun topdiki, kichik Bush oila biznesi bo‘lgan neft kompaniyasini bankrot qildi.

    40 yoshgacha bo‘lgan hayotini tasvirlar ekan, kichik Bush o‘z kundaliklarida “to‘satdan miyasiga kelgan o‘zini o‘zgartirishi zarurligi haqidagi qat’iy qaror”ni esga oldi. Bu qaror esa 1986-yilda do‘stlari bilan 40 yoshni nishonlayotgan paytda kelgandi. Bush ortga nazar solar ekan, nishonlashga arzigulik biror narsaga erishmaganini ko‘z oldidan o‘tkazgandi. Aynan shu kundan boshlab kichik Bush spirtli ichimliklardan uzoqroq yurishni boshlaydi.

    Tez orada bo‘lg‘usi  prezident bir guruh sarmoyadorlar topdi va “Texas reynjers” beysbol jamoasini sotib oldi. Qarz havola qilgan 600 ming dollar mablag‘ini beysbol jamoasiga sarfladi va bir necha yildan so‘ng jamoa unga 15 millionlik daromad keltirdi.

    1994- va 1998-yillarda kichik Jorj Bush qadrdon shtati Texasning gubernatorligiga saylandi. 1999-yilga kelib esa AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatdi. Saylovlardagi raqibi Albert Gor edi. Saylov natijalari qayta hisoblab, sud mojarolari bo‘lib o‘tgandan so‘ng saylovda kichik Jorj Bush g‘alaba qozongani e’tirof etildi.

    Foto: Google Photos

    Bush saylovlarda 49/50 nisbatda kam ovoz to‘plagan bo‘lsa-da, saylovchilar hay’ati natijalariga ko‘ra, Bush demokrat Albert Gorni 271/267 hisobda dog‘da qoldirgandi. 2004-yildagi saylovlarda esa Bush Jon Kerrini mag‘lub qilib, ikkinchi marta AQSh prezidentligiga saylandi. Kichik Jorj Uoker Bushning 1981 yilda tug‘ilgan Jenna va Barbara ismli ikki qizi bor.

    Yomon boshlangan birinchi yil

    Kichik Jorj Bushning sakkiz yil mobaynida AQShning prezidenti sifatida faoliyati tarixchilar, jamiyatshunoslar va oddiy amerikaliklar orasida ham ko‘plab tanqidlarga sabab bo‘ldi. 2009-yilning 15-yanvar sanasida Bush xayrlashuv nutqida “Men vijdonim bilan ish ko‘rdim va to‘g‘ri deb hisoblagan ishimni bajardim. Ehtimol, sizlar men qabul qilgan keskin qarorlarga qo‘shilmassiz, lekin umid qilamanki, sizlar men keskin qarorlar qabul qilishimni xohlaganimga qo‘shilasiz”, degandi.

    2001-yil 11-sentabrdagi “Al-Qoida” terrorchi guruhining AQShga hujumi Jorj Bushning bosh qo‘mondon sifatida mas’uliyatli va shu bilan birga, qiyin davri sifatida tarixda qoldi. Kichik Bush aniq va qat’iy harakat qildi. “Al-Qoida” va Afg‘onistondagi tolibonga qarshi harbiy amaliyot boshladi. AQSh tarixida misli ko‘rilmagan 90 foizlik ma’qullov natijasida butun dunyoda terrorchilikka qarshi urush e’lon qildi.

    “Yovuzlik o‘qi” sifatida belgilab olingan Eron, Iroq va Shimoliy Koreyaning ommaviy qirg‘in quroliga ega bo‘lish borasidagi har qanday intilishlariga qarshi turish uchun hech nimadan tap tortmasligini aytdi. U o‘z chiqishlarida terrorchilarning xoh tirigini, xoh o‘ligini qo‘lga tushirish haqida gapirar ekan, uning rafiqasi Laura Bush o‘z turmush o‘rtog‘idan ko‘p marta “Jorj, iboralarni sal yumshoqroq ohangda ishlating”, degan ma’nodagi tanbehlarni ham eshitishiga to‘g‘ri keldi.

    Iroq va Afg‘onistonga urush AQSh budjetini qiyin ahvolga solib qo‘yishidan xavotir olgan kongress a’zolari prezidentning qaroriga qarshi turdi. Lekin Bush ham yon bermoqchi emasdi. Bush The Washington Post muxbiri Bob Vudvordga bergan intervyusida “AQSh ittifoqchilarsiz ham dushmanlariga qarshi harakat qilishi kerak”, degan javobni aytdi.

    Uning nazarida, “Agar prezident siyosati qat’iy bo‘lmasa, bu uning jamoasini ham zaiflashtirishini, prezident ikkilanadigan bo‘lsa, bu boshqa mamlakatlarda ham AQShga nisbatan ikkilanishni paydo qilishi” haqida ham gapirdi. Shu sababdan Bush terrorchilik va dushmanlariga qarshi harakat qilishda keskin siyosatni tanladi. Uning bu qarori ortidan AQShdagi harbiy xarajatlar qiymati ortib ketdi, davlatning tashqi qarzi ko‘paydi. AQSh esa barcha musulmon mamlakatlarining nishoniga aylandi. Ustiga-ustak Bushning qarori amerikalik to‘rt ming askarning hayotini ham olib ketdi.

    Foto: “georgewbush.com”

    Respublikachi prezident Bush

    Iroqqa qarshi harbiy amaliyot borasidagi Bushning qarori AQShda respublikachilarning nufuziga ham salbiy ta’sir qildi. Bush o‘zining ilk saylovini tinch tashqi siyosatni va’da qilib qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, ikkinchi bor saylanishdagi va’dasi – demokratlar bilan hamkorlikda ishlash va’dasini ham bajarmasligi siyosatchilar orasida “Bushning eng qabih sotqinligi” sifatida baholandi. Chunki Bush Iroq va Afg‘onistondagi urush bilan tinch tashqi siyosat va’dasini bajarmadi.

    11-sentabr voqealari AQShdagi siyosiy manzarani keskin o‘zgartirib yuborgandi. Ultra o‘ng respublikachilar, neokonservatorlar va ularning eng atoqli namoyondasi Dik Cheyni AQSh ma’muriyatiga katta ta’sir o‘tkazdi. Sovet Ittifoqi parchalanganidan so‘ng AQShning oldiga tushadigan kuch qolmagan, deyarli yo‘q bo‘lib ketish arafasidagi neokonservatorlik qaytadan jonlandi. 11-sentabr voqealaridan so‘ng neokonservator mudofaa vaziri o‘rinbosari Pol Vulfovits, mudofaa vaziri maslahatchisi Richard Perl Iroqda Saddam Husayn rejimini ag‘darib tashlash uchun anchadan beri tayyorlab kelayotgan rejasini  Bushga taqdim qildi.

    Biroq ularning rejasi mukammal emasligi oqibatida neokonservatorlar birin-ketin hokimiyatdan chetlashtirildi. Shunday bo‘lsa-da, prezident Bushning o‘zi ham neokonservatorlarning ta’siridan chiqishni istamasdi. Natijada, Bush tanlagan siyosat AQSh siyosiy hayotidagi parchalinishni boshlab berdi. The Pew Research tahlillari natijasiga ko‘ra, agar 2005-yil boshida Bushga bo‘lgan respublikachilarning ishonchi 88 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2008-yilga borib bu ishonch 58 foizgacha tushib ketdi. Oxir oqibatda Bushning murosaga bormaslik, o‘jar siyosati respublikachilar orasida ham Bushdan yuz o‘girish holatiga sabab bo‘ldi.

    Bushning iqtisodiy siyosati

    Garvard universitetining biznes boshqaruvi magistrlik darajasiga ega bo‘lishiga qaramasdan, Bushning iqtisodiy siyosati ham o‘zini oqlamadi. Prezident bo‘lgach, u AQShdagi soliqlarni 10 yil davomida 1,3 milliard dollarga qisqartirishni taklif qildi. Bush nazarida, bu Klinton davridayoq boshlangan iqtisodiyotning ortga qaytishining oldini olishi va iqtisodiyotni muvozanatda ushlab turishiga yordam berishi kerak edi.

    2000-yildagi saylovlarda ham Bushning raqiblari bu haqda gapirgan bo‘lsa-da, ularning raqamlari miqdori anchayin kichik edi. Bushning ayrim maslahatchilari taklifni qayta ko‘rib chiqishni maslahat bergan bo‘lsa-da, Bushning qaysarligi ayon edi. Bushning taklifi kongress tomonidan ma’qullandi, biroq buning natijasida AQSh iqtisodiyoti katta zarar ko‘rdi. Sababi, hukumat soliqlarni kamaytirish fonida, xarajatlarni kamaytira olmadi. Iroq va Afg‘onistondagi urush esa budjetga katta xarajatlarni ro‘baro‘ qildi.

    Jorj Bush va Laura Bush.

    Jorj Bush va Laura Bush.
    Foto: “georgewbush.com”

    Aksar iqtisodchilar nazarida, Bush iqtisod borasida ko‘p tilga olinadigan Ronald Reyganning siyosatini takrorlamoqchi bo‘ldi, degan fikrda. Reygan o‘z davrida soliq yukini kamaytirish orqali talabni jilovlashga va bozor mexanizmlariga ijobiy ta’sir qilishga muvaffaq bo‘lgandi. Jorj Bush esa bozorni erkinroq qilish borasidagi siyosati bilan moliyaviy inqirozni yuzaga kelishiga imkoniyat yaratib berdi.

    Xulosa

    Jorj Bushning xalqaro terrorchilikka qarshi ochgan urushi ma’lum bir ma’noda Ronald Reyganning Sovet Ittifoqi bilan qarama-qarshiligini yodga soladi. Reygan Sovet Ittifoqi bilan kechgan qarama-qarshilikdan g‘olib sifatida chiqqan bo‘lsa, Bushning xalqaro terrorchilikka qarshi ochgan urushi hamon davom etmoqda.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    07.01.2021, 17:10   Izoh (0)   55140
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh sobiq prezidenti Karter Vashingtondagi noroziliklarni fojia deb atadi

    07.01.2021, 16:32

    AQSh Kongressi Jo Baydenning prezident saylovidagi g‘alabasini tasdiqladi. Tramp hokimiyatni “tartibli” topshirishga va’da berdi

    07.01.2021, 16:09

    JSST Xitoyni COVID-19’ning kelib chiqishini aniqlash uchun ekspertlarni mamlakatga kiritmaslikda aybladi

    07.01.2021, 13:41

    Obama Kapitoliyga qilingan hujumni Amerika uchun “buyuk sharmandalik” deb atadi

    07.01.2021, 12:42

    OAV: Tramp muddatidan avval hokimiyatdan chetlatilib, uning vakolatlari vitse-prezidentga o‘tkazilishi mumkin

    07.01.2021, 12:10

    Trampning tarafdorlari Kongressni egallab olgan kun tarixga kirishi aniq. AQShda bunday hodisa avval ham bo‘lganmi?

    07.01.2021, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Amerikalik ayol to‘rt mingdan ortiq pazl bo‘laklarini yig‘ib, Ginnes rekordini o‘rnatdi

    Layfstayl | 16 iyul, 11:31

    NATO uchta davlatni Rossiya bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi

    Dunyo | 16 iyul, 11:19

    2026-yilgi Jahon chempionati chiptalari sotuvi qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 16 iyul, 11:10

    Axborot sohasida nazorat va monitoring “O‘zkomnazorat”ga o‘tkazildi

    O‘zbekiston | 16 iyul, 10:47

    Maxfiy sxema bo‘yicha Buyuk Britaniyaga ko‘chirilayotgan afg‘onlarning ma’lumotlari oshkor bo‘ldi

    Dunyo | 16 iyul, 10:34

    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi

    Reklama | 16 iyul, 09:00

    Neymar o‘zining shaxsiy kolleksiyasiga yana bir noyob eksponat — Betmobilning maxsus nusxasini qo‘shib qo‘ydi

    Layfstayl | 16 iyul, 10:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.