• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    OAV: Tramp muddatidan avval hokimiyatdan chetlatilib, uning vakolatlari vitse-prezidentga o‘tkazilishi mumkin

    Amerika hukumati a’zolari Donald Trampni muddatidan avval hokimiyatdan chetlashtirib, davlat rahbari vakolatlarini vitse-prezident Mayk Pensga topshirish imkoniyatini muhokama qilmoqda. Bu haqda CBS telekanali o‘z manbalariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Global Look Press

    Foto: Global Look Press

    Telekanal muxbiri jonli efirda ma’lum qilishicha, uning hamsuhbatlari so‘zlariga ko‘ra, Trampni hokimiyatdan chetlatish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinganicha yo‘q, bunday rejalar muhokama bosqichida turibdi, xolos. Ijro etuvchi hokimiyat tizimidagi iyerarxiyaga muvofiq davlatdagi ikkinchi shaxs bo‘lgan AQSh vitse-prezidenti Mayk Pens bilan bu mavzu muhokama qilinganicha yo‘q.

    Donald Trampning hokimiyatdan chetlatilishi AQSh Konstitutsiyasiga kiritilgan 25-tuzatish asosida yuz berishi mumkin. U davlat rahbarining layoqatsizligi holatida bunday ehtimolni nazarda tutadi. Bu holatda uning vakolatlarini yangi prezident saylangunicha vitse-prezident bajaradi.

    CNN qayd etishicha, Vakillar palatasining Sud qo‘mitasi Pensga va Vazirlar Mahkamasiga yo‘naltirilgan murojaatida Donald Tramp ruhan nosog‘lom ekanini bildirgan. “Hatto bugun kunduzgi videomurojaatida ham prezident Tramp sog‘lom aql sohibi emasligini, 2020-yilgi saylov natijalarini hamon qabul qila olish holatida emasligini namoyish qildi”, — deyiladi murojaatda.

    Prezident vakolatlarini muddatidan avval tugatish imkoniyatini muhokama qilish Vashingtondagi to‘qnashuvlar fonida bo‘lib o‘tmoqda, u yerda Trampning tarafdorlari AQSh Kongressi binosini shiddatli hujum bilan egalladi. Bu vaqtda Amerika parlamentida prezident saylovi natijalari tasdiqlanishi kerak bo‘lgan munozaralar o‘tkazilayotgan edi. Norozilik aksiyasi ishtirokchilarini bir necha soatdan keyingina ko‘zni yoshlantiruvchi gaz yordamida kongress binosidan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘lishdi.

    Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp tarafdorlari 6-yanvar kuni Vashingtondagi Kongress binosiga bostirib kirdi. Ular Senat va Vakillar palatasi a’zolarining prezident saylovi yakunlarini tasdiqlash bo‘yicha o‘tkazayotgan qo‘shma majlisini to‘xtatib qo‘ydi. Prezident saylovida demokratlar nomzodi Jo Bayden g‘alaba qozongan edi.

    To‘qnashuvlar vaqtida to‘rt kishi halok bo‘ldi. Halok bo‘lganlar orasida Kapitoliy binosida o‘qotar quroldan yaralangan ayol ham bor. Ushbu ma’lumot Vashington shahar politsiya departamenti tomonidan tasdiqlandi. Yana bir necha kishi, jumladan, politsiyachilar tan jarohati olgan. Jabrlanuvchilardan birining ahvoli og‘ir ekani aytilmoqda — u Kapitoliy devoriga chiqishga uringan vaqti 10 metr balandlikdan tushib ketgan.

    Kapitoliyni egallab olgan odamlar maxsus kuchlar tomonidan tarqatib yuborildi. Kamida 52 kishi qo‘lga olingan. Oradan bir necha soat o‘tib, tartib qayta tiklangach, senator va kongressmenlarning qo‘shma majlisi qaytadan boshlandi.

    Mavzuga doir:

    • Trampning tarafdorlari Kapitoliyga bostirib kirdi. U yerda AQSh prezidenti saylovi yakunlari tasdiqlanishi kerak edi
    • Trampning taraflari Kapitoliyni qanday qilib shturm bilan olganini ko‘ring. Bu — tarixiy kadrlar
    • Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan namoyish Kapitoliy shturmi bilan tugadi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir nechasi tan jarohati oldi. Asosiy ma’lumotlar
    • Trampning tarafdorlari Kapitoliyni egalladi, Jo Bayden esa buni isyonga tenglashtirdi. Vashingtondan fotosuratlar

    07.01.2021, 12:10   Izoh (0)   18849
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Trampning tarafdorlari Kongressni egallab olgan kun tarixga kirishi aniq. AQShda bunday hodisa avval ham bo‘lganmi?

    07.01.2021, 11:40

    Trampning tarafdorlari Kapitoliyni egalladi, Jo Bayden esa buni isyonga tenglashtirdi. Vashingtondan fotosuratlar

    07.01.2021, 09:56

    Trampni qo‘llab-quvvatlash uchun uyushtirilgan namoyish Kapitoliy shturmi bilan tugadi. To‘rt kishi halok bo‘ldi, yana bir nechasi tan jarohati oldi. Asosiy ma’lum...

    07.01.2021, 09:53

    Trampning tarafdorlari Kapitoliyni qanday qilib shturm bilan olganini ko‘ring. Bu — tarixiy kadrlar

    07.01.2021, 09:22

    Isroil — koronavirusga qarshi emlashlar soni bo‘yicha dunyoda yetakchi: aholining 13 foizdan ortig‘i emlanib bo‘ldi. Ammo bunday yuqori sur’at uchun vaksina endi y...

    07.01.2021, 08:15

    Sankt-Peterburgda o‘zbekistonliklar ishtirokida mushtlashuv sodir bo‘ldi. Muhojirlardan biri shifoxonaga yotqizildi

    07.01.2021, 07:14
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.