“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 16-turi doirasida 6-yanvar kuni “Sassuolo”ga qarshi kechgan bahs (1:2) gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Foto: Instagram

Uchrashuvning 64-daqiqasida boshi bilan darvozani ishg‘ol qilgan Shomurodov ushbu golini dekabr oyida tug‘ilgan o‘g‘li Mustafoga bag‘ishladi. Bu haqda futbolchi Instagram sahifasida ma’lum qildi.

Ushbu bahsda gol urish bilan birga jamoasining eng faol o‘yinchilaridan biri bo‘lgan Eldor WhoScored tahlillari bo‘yicha 7,9 ballga loyiq ko‘rilgani xabar qilingandi.

Eldor Shomurodov ijrosidagi golni bu yerda ko‘rish mumkin — video

Bu o‘zbekistonlik futbolchi uchun Italiya chempionatidagi 2-gol bo‘ldi. Undan avval Eldor “Parma” darvozasini ishg‘ol qilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!