Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Energetika vazirligi O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi sababli gaz zapravkalarining ish vaqti cheklanganini ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, hozirgi kunga kelib “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning neft va gaz konlarida nosozlik sabab to‘xtatilgan barcha 14 ta gaz haydash agregati ishga tushirildi va ish rejimida ishlamoqda. Yuzaga kelgan nosozliklarni bartaraf etish natijasida Muborak GQIZda gaz ta’minoti to‘liq tiklandi. Biroq 4-yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar to‘ldirilmadi, bu esa zarur gaz bosimini tiklashga to‘sqinlik qiladi.

Shuningdek, 4—5-yanvar kunlari havo haroratining pasayishi tufayli gaz iste’molida o‘sish kuzatilayotgani, shu munosabat bilan, respublika aholi iste’molchilari va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash birinchi darajali vazifa ekanligi ta’kidlangan.

“Shuning uchun, bir qator zarur vaqtinchalik choralar joriy etilmoqda. Ulardan biri – avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSh)ning soat 15:00 dan 05:00 gacha ishlashini cheklashdir. Ushbu vaqtinchalik chora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgunga qadar joriy etiladi”, — deyiladi xabarda.

Xabarda, mavjud vaziyat bilan bog‘liq ravishda 4-yanvar kuni uy xo‘jaliklarini elektr energiyasi va gaz bilan ta’minlashda vaqtincha uzilishlar bo‘lgan alohida holatlar yuz bergani, barcha holatlar nazorat ostida va zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rilayotgani ham bildirib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, “O‘zgidromet” hafta davomida anomal sovuq bo‘lishi kutilayotganini ma’lum qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
YCHL. “Bavariya” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi, “Marsel” 5 ta gol urilgan o‘yinda “Sporting” ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 4-oktabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Dunyo
Belgorod shahri osmonida noma’lum uchqun paydo bo‘ldi (video)