Ukrainaning Ternopol viloyatida istiqomat qiluvchi Yuriy Kordupel ismli fuqaro balandligi uch metr keladigan qo‘lbola yo‘ltanlamasni yig‘di. Ukraine nomini olgan mashina asosini “GAZ-66” tashkil etadi, deb xabar beradi Motor.
Umuman olganda yo‘ltanlamasda donor “GAZ-66”ni aniqlash juda qiyin, chunki yetti o‘rindiqli Ukraine shisha plastikdan tayyorlangan kapotli to‘liq original kuzovga ega bo‘lgan. Og‘irligi 4,5 tonna keladigan mashina Mercedes-Benz dvigateli yordamida harakatga keladi. Agregatning o‘lchamiga aniqlik kiritilmagan, biroq u 150 ot kuchiga egaligi va avtomobilni soati 90 kilometr tezlikda harakatlantirishga qodirligi ma’lum.
Ukraine’ning balanligi uch metr keladi. Uzunligi — “Bogdan” avtobusidan kaltaroq (7430 millimetr). Mashinaning orqa eshiklar harakatlanish yo‘nalishiga qarshi ochiladi. Yo‘ltanlamasga elektr boshqariluvchi oynalar va orqani ko‘rishga mo‘ljallangan kamera o‘rnatilgan. Interyerining bir qismi ham Mercedes-Benz’dan olingan. Ukraine’ni yaratish uchun 2,5 yil vaqt va 25 ming dollar sarflangan.
Avvalroq vyetnamlik blogerlar karton qog‘ozdan Lamborghini Aventador yasagani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga doir: Bugatti giperkari nusxasi oddiy garajda yig‘ildi (video)