“Real”ning barcha davrlardagi eng barqaror hujumchilaridan biri Karim Benzemaning hashamatli hayoti haqida hikoya qilamiz.
Uyi
Karim Benzema Madridning eng obro‘li tumanlaridan biri La Finchada istiqomat qiladi. Uning ikki qavatdan iborat bo‘lgan hashamatli uyi 2,5 million yevroga baholangan. Uyda hashamatli hayot tarzini olib borish uchun barcha sharoitlar mavjud: bir qancha yotoqxona, suzish havzasi, oshxona, garaj va hokazolar.
Shaxsiy hayoti
Benzema ham bir qancha yulduz futbolchilar singari qarama-qarshi jins vakillari bilan bo‘lgan munosabatlari uchun muammolarga duch kelgan. Biroq 2017-yilda uning hayotida Kora Gote ismli qiz paydo bo‘ladi, shundan so‘ng Karim barqaror turmush tarzini yuritishni boshlaydi. Juftlik hozirda Ibrohim ismli farzandini voyaga yetkazish bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, Benzemaning avvalgi ayolidan qiz farzandi ham bor.
Mashinalari
Mashinalar borasida ham fransiyalik futbolchi hamkasblaridan ajralib turishni yoqtirmaydigan ko‘rinadi, bunday deyishga sabab, uning garajidagi avtomobillarni ko‘rib faqat hayratlanish mumkin. Uning avtoparkidan Rolls Royce Race (500 ming dollar), Bugatti Veyron (2 million dollar), Bugatti Chiron (2,5 million dollar) Mercedes AMG G63, Lamborghini Aventador (500 ming dollar) Mercedes SLR McLaren (350 ming yevro), Ferrari 488 Spider va boshqa bir qator qimmatbaho mashinalar o‘rin olgan.
Shuningdek, Benzema 20 million dollarga Gulfstream G200 Business Jet samolyotiga ham egalik qiladi.
Do‘stlari
Karimning futbol olamidagi eng yaqin do‘sti, bu Frank Riberidir. Bir vaqtlar futbolchilar Fransiya termasi sharafini birga himoya qilgan va yaxshi do‘stlik aloqalariga ega bo‘lgan. Do‘stlar bugungi kunda ham bir-biri gaplashib turadi.
Futboldan tashqari qiziqishlar
Karim o‘yin va mashg‘ulotlardan bo‘sh vaqtlarida asosan, musiqa tinglashni, yakkakurash sport turlari bilan shug‘ullanishni yaxshi ko‘radi. Shuningdek, u farzandlari bilan birga vaqt o‘tkazishga va sayohatlarga alohida e’tibor qaratadi.
Boshqa maqolalar:
- Oila, mashinalar va antiqa sevgi qissasi. “Oltin to‘p” sohibi Luka Modrich qanday hayot kechiradi?
- Hashamatli uy, mashinalar va suzish. Madridning himoya qo‘rg‘oni Serxio Ramos qanday hayot kechiradi?
- Hashamatli uy, mashinalar va ko‘z-ko‘z qilinmaydigan shaxsiy hayot. “Real”ning “billur oyoq”li yulduzi Eden Azar qanday hayot kechiradi?