• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Qashshoqlikdan qamoqxonagacha: futbol sehrgari Ronaldinyoning hayoti va faoliyati haqida

    Ronaldinyo — millionlab muxlislarning yoqimtoyi va ko‘plab qalblar zabt etuvchisi hisoblanadi. U yashil maydonda shunday sehrgarliklarni amalga oshirardiki, unga mahliyo bo‘lmaslikning imoni yo‘q edi. Aynan uning g‘ayrioddiy o‘yini kishilarni futbolni yanada sevishga va ishonchim komilki, u bilan shug‘ullanishga majbur qilgan. Biroq afsona bugun maydondan ancha yiroqda va hatto, afsuski, qamalib chiqishga ham ulgurdi. Quyida futbol sehrgarining hayot yo‘li va faoliyati haqida hikoya qilib beramiz.

    Qashshoqlik

    Ronaldinyo 1980-yilning 21-mart sanasida Braziliyaning Portu-Alegri shahrida tavallud topgan. Onasi sotuvchilik qilsa, otasi kunduzi qayiqlarni tuzatar, tunda esa avtoturargohda qorovullik qilib oilasini ta’minlashga harakat qilardi. Roni esa bolaligidan millionlar o‘yiniga alohida mehr qo‘ygandi, ko‘plab braziliyalik bolalar singari unda ham futboldan boshqa najot bo‘lmagan.

    Millionlar o‘yinidagi ilk qadamlar

    Foto: Google Images

    Braziliyalik 7 yoshida “Lanjendonk” futbol akademiyasida shug‘ullana boshlaydi. Aynan o‘sha yerda unga Ronaldinyo (“kichkintoy Ronaldo”) laqabi beriladi. Boisi u tengqurlari orasida eng jussasi kichigi edi. Bolakay hech qachon to‘pdan ajralmasdi va hatto og‘ir mashg‘ulotlardan keyin ham o‘z ustida ishlashda davom etaverardi.

    Roni haqidagi ilk shov-shuvlar

    1993-yilda, 13 yoshida Ronaldinyo nomi ilk marta gazetada tilga olinadi. O‘sha kuni Ronaldinyo jamoasi raqibni 23:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratadi, uchrashuvdagi gollarning barchasi esa sezib ulgurganingizdek, qahramonimiz tomonidan uriladi.

    Professional faoliyatning boshlanishi

    Yigitcha o‘zining birinchi professional shartnomasini 1997-yilda “Gremio” klubi bilan imzolaydi. Mazkur jamoa tarkibida Ronaldinyo 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol uradi.

    2001-yilda esa Ronaldinyoni PSJ o‘z safiga qo‘shib oladi. Parijda o‘tkazilgan ikki mavsumni yetarli darajada ajoyib o‘tkazgan va Fransiyadagi oxirgi birinchilikda PSJning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan Ronaldinyoning navbatdagi manzili “Barselona” bo‘ladi.

    Foto: Google Images

    “Barselona”ga o‘tish, shubhasiz, uning faoliyatidagi eng yaxshi bosqich hisoblanadi. Aynan “ko‘k-anorranglilar” safida Ronaldinyo o‘zining nimalarga qodir ekanligini namoyish yetadi va Yevropa hamda jahonning eng yaxshi o‘yinchisi nomini qo‘lga kiritadi. Futbol muxlislari esa hamon uning “Barselona” safidagi o‘yinlarini entikib qo‘msaydi.

    Vaqt o‘tishi bilan Ronaldinyo yulduzlarga xos betartib hayot tarzini olib borishni boshlaydi: spirtli ichimliklar, taqiqlangan moddalar va hokazolar. Albatta, bularning barchasi “sehrgar”ga-da ta’sir etmay qolmaydi va uning o‘yinida pasayish kuzatiladi. Yakunda u boshqa klubga o‘tishga majbur bo‘ladi.

    Ronaldinyo. AP Photo/Luca Bruno

    Foto: AP

    Futbolchining keyingi to‘xtash joyi “Milan” klubi bo‘ldi. Hayotdagi bir qancha qiyinchiliklar va jismoniy tayyorgarlik bilan bog‘liq muammolarga qaramay, Roni o‘z saviyasini Apenin yarimorolida ham ko‘rsata oladi. Roni A Seriyaning eng yaxshi assistenti va Italiya chempioniga aylanadi.

    Afsonaning so‘nishi

    2011-yilda Ronaldinyo vatani Braziliyaga qaytadi va naq 4 ta klub sharafini himoya qiladi: “Flamengo”, “Atletiko Mineyro”, “Keretaro” va “Fluminense”. 2015-yilda esa millionlarning suyuklisi katta futbol bilan xayrlashadi. Ha, futbol shunday beshafqat o‘yin, bugun yulduzsan, ertaga shunchaki unutilasan, sening o‘rningga esa yangidan yangi yulduzlar paydo bo‘laveradi.

    Futboldagi mahorat

    Foto: Google Images

    Ronaldinyo maydonda harakatlanar ekan, go‘yo uning kamchiligi yo‘qdek taassurot uyg‘onardi. Ammo uning eng ustun jihati — to‘p bilan qanday harakat qilishi edi. Tan olish lozim, dribling bobida unga teng keladigani yo‘q.

    Shuningdek, futbolchi jarima to‘plarini mukammal darajada amalga oshirardi hamda turgan joyidan kuchli va aniq zarba bera olardi.

    Qamoq

    Soxta pasport bilan Paragvayga kirgan sobiq futbolchi Ronaldinyo va uning akasi Roberto de Assis Assunsondagi sudga kelmoqda.

    Soxta pasport bilan Paragvayga kirgan sobiq futbolchi Ronaldinyo va uning akasi Roberto de Assis Assunsondagi sudga kelmoqda.
    Foto: AFP

    2020-yilning 5-mart kuni Ronaldinyo “Kamp Nou”da yulduzlar ishtirokidagi o‘yinda ishtirok etishi kerak edi. Ammo barchasi kutilmagan yakun topdi, futbolchi hujjatlarini qalbakilashtirgan holda Paragvay chegarani kesib o‘tishga uringanlikda ayblandi va hibsga olindi. 32 kunni mahbuslar orasida o‘tkazgan Ronaldinyo u yerda ham futbol o‘ynab, qamoqxona chempionligini tantana qildi. Final o‘yinida esa braziliyalikning jamoasi raqiblarini 11:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Ronaldinyo o‘z hisobiga 5 ta gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

    Mavzuga doir:  “Uning o‘yinidan zavq olmaslik — jinoyat”. Dunyo futboli yulduzlari braziliyalik “sehrgar” Ronaldinyo haqida

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    01.01.2021, 16:12   Izoh (0)   41443
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Men har doim Ronalduga, akam esa Messiga muxlislik qilardi”. Brunu Fernandeshning g‘aroyib hikoyasi

    01.01.2021, 14:10

    Uy, mashina va oila. “Liverpul” himoya qo‘rg‘oni Virjil van Deyk qanday hayot kechiradi?

    01.01.2021, 12:14

    Uy, mashinalar va oila. “Manchester Siti” yulduzi Rahim Sterlingning hashamatli hayoti

    01.01.2021, 10:12

    Tevesdan Beylgacha. Futbolni yoqtirmaydigan taniqli o‘yinchilar haqida

    01.01.2021, 08:12

    Elitadan tashqarida: Kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynamaydigan eng qimmat futbolchilar

    31.12.2020, 22:12

    “Liverpul”: Seleksiya bo‘limi sirlari

    31.12.2020, 20:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    American University of Technology (AUT) Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAAda “sun’iy intellekt” fani joriy etiladi

    Dunyo | 12 may, 16:15

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:11

    O‘zbekistondan Afg‘onistonga sara urug‘lar yetkazib berildi

    O‘zbekiston | 12 may, 16:00

    Xitoyda dunyodagi birinchi sun’iy intellekt shifoxonasi ochiladi

    Dunyo | 12 may, 15:50

    Bolani osongina uxlatishga yordam beradigan 6 ta layfhak

    Ayollar sahifasi | 12 may, 15:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.