• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Xitoyda jurnalist ayol Uxandan reportajlar tayyorlagani uchun 4 yilga qamaldi. U pandemiya mavzusida yolg‘on xabar tarqatganlikda ayblandi

    28-dekabr kuni Shanxay sudi COVID-19 pandemiyasi boshida Xitoyning Uxan shahridagi voqealarni yoritgan 37 yoshli jurnalist va sobiq huquqshunos Chjan Chjanni to‘rt yilga ozodlikdan mahrum qildi, deb yozadi Meduza. Sud hukmni bir kun ichida chiqardi. Advokatlar bu qaror ustidan shikoyat arizasi bermoqchi.

    Faollar Gonkongda aloqa boshqarmasi binosi yonida namoyish qilib, jurnalist Chjan Chjanni ozod qilishni talab qilmoqda, 2020-yil 28-dekabr

    Faollar Gonkongda aloqa boshqarmasi binosi yonida namoyish qilib, jurnalist Chjan Chjanni ozod qilishni talab qilmoqda, 2020-yil 28-dekabr
    Foto: LETA

    Jurnalist ayol “adovat urug‘ini sochganlikda va muammolarni sun’iy ravishda keltirib chiqarganlikda” ayblanmoqda, dedi uning advokati. Bunday ayblovlar ko‘pincha boshqacha fikrlashlarni tiyish uchun murtadlar, faollar va jurnalistlarga qarshi qo‘llaniladi, deya qayd etdi The Guardian va South China Morning Post. Noyabrda Chjan Chjan yolg‘on xabar tarqatganlikda ayblangandi. Davlat ayblovchisi uni besh yilga ozodlikdan mahrum etishni so‘radi.

    2020-yil 1-fevralda Chjan Chjan Shanxaydan Uxanga kelgandi, bu paytda shahar koronavirus tarqalishi tufayli karantinga yopilganiga taxminan bir hafta bo‘lgan edi. Hukumat versiyasiga ko‘ra, jurnalist Uxanda turib, WeChat, Twitter va YouTube kabilardan foydalanib yolg‘on xabar tarqatgan, shuningdek, Free Radio Asia va Epoch Times kabi xorijiy nashrlar bilan muloqot qilgan hamda “Uxanda COVID-19 epidemiyasi mavzusidan yomon maqsadlarda foydalangan”.

    AFP qayd etishicha, Chjan Chjan Xitoy hukumati xatti-harakatlarini tanqid qilgan. Reportajlaridan birida u hukumat “odamlarga yetarlicha axborot bermagan, so‘ng shaharda shartta lokdaun joriy qilib qo‘ygan”ini aytgandi. U buni inson huquqlarining buzilishi deb atadi. O‘z YouTube-kanalida jurnalist mahalliy aholidan olingan intervyulardan iborat qisqa videoroliklarni, shuningdek, Uxan virusologiya instituti, krematoriy, vokzal va kasalxonalar yaqinida olingan lavhalarni e’lon qilgan.

    May o‘rtalarida jurnalist ayol qo‘lga olingan. U aybdor emasligini qat’iy turib da’vo qilgan, iyun oxirida esa o‘ziga qarshi jinoiy ishga norozilik belgisi sifatida ochlik e’lon qilgan. Uning advokatlari sudda ma’lum qilishicha, hibsda politsiyachilar Chjan Chjanni bog‘lab qo‘yib, uni trubka orqali majburan ovqatlantirgan. U 15-20 kilogrammga ozib ketgan. Dekabrga kelib ayolda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qorin og‘riqlari paydo bo‘lgan, unga majburan oziqlantirish oqibatida tomoq infeksiyasi tashxisi qo‘yilgan, shuningdek, qon bosimi tushishi aniqlangan. Advokatlardan biri AFP’ga ma’lum qilishicha, Chjan Chjan hatto hojatga chiqishda ham kimningdir yordamiga muhtoj. “U o‘zini ruhan charchagan deb his qilmoqda, xuddi har bir kun u uchun bir azobdek”, — deya qo‘shib qo‘ydi advokat. Oilasining pand-nasihatlariga qaramay, jurnalist ochlikni to‘xtatishni xohlamayapti. O‘tgan sud majlisiga u nogironlar aravachasida keldi.

    Bir qancha diplomatlar va chet ellik jurnalistlar Chjan Chjanning ishi ko‘riladigan sud majlisida qatnashishga uringan, ammo ularni binoga kiritishmagan.

    Uxandan tayyorlangan reportajlar tufayli Chjan Chjandan tashqari, yana uch nafar jurnalist qo‘lga olingan, ular keyinchalik aloqaga chiqmay qo‘ygan. Bular: Chen Syuysi, Fan Bin va Li Szexua. Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, aprelda Li YouTube’ga chiqib, uni majburan karantinga joylashtirishganini aytgan, Chen ozodlikda, ammo kuzatuv ostida, uchinchisining taqdiri esa noma’lum.

    Mavzuga doir:

    • Xitoyda bir kishida COVID-19 aniqlangani sababli butun shahar karantinga yopildi
    • Pandemiya boshlanganiga bir yil to‘ldi. Koronavirusning vatani — Uxanning bugungi manzarasi (foto)
    • Butun dunyo pandemiya sabab qamalda qolgan bir paytda, barchasi boshlangan Uxan shahrida anchadan buyon virus yo‘q. Mahalliy aholi shahardagi holat haqida
    • Xitoyning Uxan shahri pandemiya boshlanganidan buyon birinchi xalqaro aviareysni qabul qildi

    28.12.2020, 21:56   Izoh (0)   11865
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov nabirasi bilan qorbola yasadi (video)

    28.12.2020, 21:11

    Koronavirusga chalinib tuzalganlar ham uning yangi shtammini yuqtirib olishi mumkinligi aytildi

    28.12.2020, 20:40

    Braziliya vitse-prezidenti koronavirus yuqtirib oldi

    28.12.2020, 19:55

    Qozog‘iston Amerikaning Pfizer kompaniyasi bilan bitim imzoladi

    28.12.2020, 18:41

    So‘rov: Rossiyaliklarning yarmidan ko‘pi koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasi bilan emlanishni xohlamaydi

    28.12.2020, 17:53

    Pashinyan Ozarbayjon Syunik viloyatiga tajovuz qilgan taqdirda, Rossiya vaziyatga aralashishiga ishonch bildirdi

    28.12.2020, 17:37
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Siti”ni mag‘lub etgan “Al-Hilol” futbolchilari qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 2 iyul, 11:00

    Daniyada ayollarga harbiy xizmatni o‘tash majburiy bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:57

    Hayp qanday ishlaydi: mashhur kinolarni xolisona baholashga yordam beradigan tavsiyalar

    Kino | 2 iyul, 10:49

    Yakkabog‘ va Paxtaobod tumanlariga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 2 iyul, 10:30

    Hindistonda zavoddagi portlashda 39 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 2 iyul, 10:25

    Xitoyda ilk bor robotlar ishtirokida futbol turniri o‘tkazildi (video)

    Texnologiyalar | 2 iyul, 10:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.