Uxan — 2019-yil oxirida koronavirus infeksiyasi bilan ommaviy kasallanish sodir bo‘lgan sayyoradagi birinchi shahar. Shahar qattiq karantinga yopilgan, u yerga kirish va u yerdan chiqish taqiqlangan. Biroq aprel oxiriga borib shahar kasalxonalaridan koronavirus infeksiyasiga chalingan barcha bemorlarga javob berilgan, shahar odatdagi hayot tarziga qayta boshlagan. Qariyb yarim yildan buyon markaziy shahri Uxan bo‘lgan Xubey provinsiyasida koronavirus bilan kasallanish deyarli nol ko‘ratkichda. “Meduza” Uxanda istiqomat qiladigan insonlar bilan epidemiya boshlanganidan buyon o‘tgan bir yil ichida nimalar o‘zgargani, katta shahardagi hayot tarzi va xitoyliklar ikkinchi to‘lqinni kutayotgani to‘g‘risida suhbatlashdi.

Foto: Reuters

Piter Bernota, biznesmen

Foto: Facebook / @Piter Bernota

Men tadbirkorman va mijozlar hamda sheriklarim bilan munosabatlarinimni rivojlantirish va saqlab qolish uchun ko‘p sayohat qilishga o‘rganib qolganman. COVID-19’ning tarqalishini oldini olish bo‘yicha qabul qilingan choralar Xitoyga borish va u yerdan chiqish kabi aksariyat safarlarni to‘xtatib qo‘ydi — onlayn-uchrashuvlar va telefon qo‘ng‘iroqlaridan foydalanishga ko‘nikdik. Bu ko‘plab tushunmovchiliklarni yuzaga keltirdi: tana til signallarini ilg‘ab ololmaydi, nozik jihatlar esa e’tibordan chetda qoladi. Noaniqliklar sabab ko‘plab biznes-loyihalarimni bir necha oyga to‘xtatib qo‘ydim. Endi esa ular o‘zining normal yo‘liga qaytmoqda.

Karantin va uyga bog‘liqlik oilaviy munosabatlarni yaxshiladi. Biroq do‘stlardan biroz uzoqlashdik — hozir ko‘pincha do‘stlar bilan restoranlarda emas, uyda ovqatlanyapmiz. Rafiqam yaxshiroq taom pishira boshladi — kvartiramiz ham ancha tartibli bo‘lib qoldi.

Koronavirus sabab oziq-ovqat mahsulotlari, hojatxona qozg‘ozi, dezinfeksiyalovchi vositalar, butilkadagi suvlarni avvalgidan ko‘proq xarid qilishni boshladik. Asosiy e’tiborni uzoq muddat saqlanadigan mahsulotlarga qaratmoqdamiz, himoya niqobi, antibiotiklar va virusga qarshi dori vositalarini yetarlicha g‘amlab qo‘yganmiz. Uxandagi go‘sht va baliq sotiladigan bozorni koronavirus infeksiyasining birinchi o‘chog‘i deb aytishdi. Hozir u yer ochiq, biroq faollik biroz kamaygan — yovvoyi havyonlar go‘shti ham sotilmay qo‘ygan.

Menga doim professional va shaxsiy hayotimdagi jo‘shqinlik yoqardi, Uxandagi karantin esa uni tezda to‘xtatib qo‘ydi. Boshqa tomondan esa bu kabi sekinlashuv sokin faoliyatdan zavq olishga yordam berdi, masalan, kitob o‘qish. Karantindagi hayotimiz undan oldingidek to‘kin edi, biz unga yaxshi moslashdik. Rafiqam bilan uyda qolib stressni his qilmadim, biroq qiyinchilikka duch kelgan odamlarni bilamiz. Bular koronavirusdan qarindoshlari vafot etgan insonlar.

Shuningdek, hammani ham shaxsiy va oilaviy munosabatlari yaxshi emas. Yaqinda bo‘lish, “qochish” imkonini bermaydi — bularning barchasi esa hozircha ko‘pchilik yechim topa olmayotgan tanglikni keltirib chiqarmoqda.

Uxan — Osiyodagi oddiy shahar bo‘lib, unda ko‘plab insonlar bir-birga yaqin joylashgan. Hozir ularning aksariyati yolg‘iz qolishni ma’qul ko‘rmoqda, birga to‘planmayapti, uydan turib ishlamoqda.

Uxanning asosiy qismi karantingacha bo‘lgan megapolisning jo‘shqin hayot tarziga qaytgan. Tirbandliklar yana boshlandi, havoning ifloslanishi ortmoqda, zavodlar ochiq, odamlar ko‘p. Yagona farqi — insonlarning aksariyati yuziga niqob taqib qolgan, jamoat transportiga chiqishda va savdo markazlarida tana haroratini o‘lchashmoqda. Odamlar moslashdi va kundalik hayotini davom ettiryapti. Ikkinchi to‘lqin xavfidan biroz xavotir bor, chunki hozir gripp mavsumi. Ammo hozircha bu kabi holat kuzatilmadi.

COVID-19’ga qarshi kurash sezilarli darajada iqtisodiy va ijtimoiy uzilishlarni yuzaga keltiruvchi qattiq karantin choralarini talab qilganiga qaramay, o‘ylashimcha, Uxan modernizatsiya yo‘liga qaytadi. Koronavirus borasidagi xavotirlar va yanvar oxirida unga qarshi joriy etilgan choralar endilikda hukumatning e’tiborida emas.

To‘g‘risini aytganda, odamlarning ko‘pchiligi ham vaziyat takrorlanishini o‘ylamayapti. Biz muntazam ehtiyot choralarini ko‘rish bo‘yicha eslatmalarni olib turamiz, biroq televideniya va OAV orqali koronavirus haqida yoritilayotgan kundalik yangiliklar endi hayotimizning bir qismi emas.

Darya Kuznetsova, bloger

Foto: Instagram / @Darya Kuznetsova

Uxandagi bir yil bitta zanjirga birlashdi. Mavsumlar o‘rtasidagi farqlar qolmadi. Yoz qanday boshlanganini sezmay qoldik va bir yil o‘tib ketganiga odamni ishongisi kelmaydi. Karantin e’lon qilinganida Xitoy Yangi yili barbod bo‘ldi, qish va bahor yangiliklar hamda voqealarni kuzatish bilan o‘tdi — biz bu vaqt davomida karantinda, maksimal darajada harakatdan cheklangan edik. Odatda yoz — hamma kutadigan yorqin mavsum. Bizning holatimizda esa yoz Uxanning ochilishini bildirardi, xolos.

Men karantin bunchalik davom etishini, shuningdek, bu qadar keng ko‘lamga aylanib, butun dunyoga tarqalishini taxmin ham qilmagan edim. Karantin davrida Uxanda qator voqealar sodir bo‘ldi. Harbiy shifokorlarning kelishi. Kasallanish bo‘yicha birorta ham holat qayd etilmagan birinchi kun. Shaharning ochilishi — u milliy bayramga aylanib ketdi desa ham bo‘ladi.

Ushbu vaqt orasida men Rossiyaga qaytmadim va oilamni ko‘ra olmadim. Ammo o‘zimni yolg‘iz qilishimga yo‘l qo‘ymagan hamda menga yordam bergan Xitoy va xitoyliklardan minnatdorman. Umid qilamanki, keyingi yil Rossiyaga qayta olaman, chunki yaqinlarimni juda sog‘indim.

Hozir shaharda hammasi tinch, biz erkin harakatlanib yuribmiz. Ayrim cheklovlarni hisobga olmaganda, shahar odatdagi hayot tarziga qaytgan: nazorat tizimi, kirishda tana haroratini tekshirish. Qolgan tomondan Uxan kundalik hayotida yashamoqda. O‘ylashimcha, vaqt o‘tgach ushbu cheklovlar ham olib tashlanadi. Hozirda Xitoyning boshqa shaharlarda bular yo‘q.

Epidemiya o‘ldindan biror nimani aytib bo‘lmaydigan holatda rivojlanib borayotgani sabab kelajakda nima bo‘lishi haqida biror narsa deyishga qo‘rqaman. Hammasi qachon tugashi borasidagi noaniqliklar — bu iz qoldiradi. Xitoy bularning barchasi bilan to‘qnash kelgan birinchi mamlakat. Bu yerda joriy etilgan choralarni boshqa hech qayerda ko‘rgan emasman, barchasi yashin tezligida amalga oshirildi. Hech qachon bunchalik uyda ko‘p o‘tirmaganman va maxsus kiyimlardagi odamlarni ko‘rmaganman — bu yerda esa hammamiz birinchi bor ekrandan emas, hayotda ko‘rdik. Hozirda bu odatiy narsaga aylangan.

Men koronavirusga chalinmadim, ammo uch marotaba test topshirdim. Birinchi martda o‘z ixtiyorim bilan shifokorga murojaat qildim. Ikkinchi safar butun aholi testdan o‘tkazildi. Oxirgi marta esa o‘qishga chiqishdan oldi: universitet kampusiga kirish uchun koronavirus yo‘qligi borasidagi ma’lumotnomani ko‘rsatish kerak.

Bugungi kunda Uxan hukumatining siyosati oddiy va tushunarli. Yangi kasallanish hoalti aniqlansa, barcha aloqalar kuzatib chiqiladi. Bu harakatni qayd etib boradigan, o‘tkazish tizimi yordamida amalga oshiriladi. Odamlar tekshiruvga yuboriladi, xavfsizlik choralari ko‘riladi. Rahbariyat barchasiga juda tez chora ko‘radi, shu sababli virusning shahardn tashqariga chiqishi uchun kichik bir imkoniyat ham yo‘q.

Karantin bemor qilingach, ko‘plab firmalar bir necha oy ofislarini ochmadi — barcha ish jarayonlari masofadan turib tashkillashtirildi. Ofisga chiqish uchun barcha xodimlar koroanviruga tekshirilishi kerak. Ammo hozir barcha odatdagi rejimda ishlamoqda. Binolar dezinfeksiya qilinyapti, qolgan jihatdan esa Xitoy avvaligidek ishlayapti — hech qanday cheklovlarsiz.

Gigi Yu, didjey

Foto: Instagram / @Gigi Yu

Uxanda karantin joriy etilgacha, deyarli xonamdan chiqa olmay qoldim. Mahsulotlarni shaxsan sotib olish imkonsizga aylandi. Xitoy karantin vaqtida to‘liq bloklandi, logistika tizimlari buzildi. 12 million aholisi bor Uxan uchun yegulik yetmay qoldi. Shunda hukumat Uxan uchun oziq-ovqatlarni tarqatish, turli mahsulotlarni ajratish bo‘yicha tizim ishlab chiqdi. Bu kabi tizimni amalga oshirishdan maqsad barcha odamlarga birlamchi zaruriy predmetlarni tarqatish — karantin boshida barcha teng o‘z ulushini olishi. Boshqa shaharlarda bunaqasi bo‘lmadi, chunki ulardagi karantin biznikichalik qattiq emas edi. Ammo ushbu tizim ikki haftagina ishladi. Shundan keyin logistika yangi normaga moslashdi — va biz ovqatlarni onlayn buyurtma qilishni boshladik. Ammo karantin oxiriga qadar (aprel) kvartiradan chiqish taqiqlandi.

Men didjeyman va koronavirus hayot tarzimni juda o‘zgartirib yubordi. Og‘ir vaqtlar edi. Klubga borib, o‘z musiqamni ijro etomas va pul topa olmas edim. Bu davr ichida depozitim hisobiga yashadim. Biroq o‘z qo‘shimlarimga ko‘proq e’tibor qaratdim va qo‘shiqlar yozdim, bunga qadar jonli chiqishlarim ko‘p bo‘lgani sabab musiqaga diqqatimni jamlash uchun vaqtim kam edi.

Ammo vaqt o‘tishi bilan depressiya paydo bo‘ldi: do‘stlarim bilan aylanishga ham chiqa olmadim. Nima qilishni bilmay, xonamda yig‘lab o‘tirardim. Bir o‘zim yashaganim uchun o‘zimni yolg‘iz his qilar edim. Shu bilan birga, men va do‘stlarim boshqa davlatlarning fuqarolardan ham ruhiy, ham iqtisodiy katta yordam oldik. Masalan, Uxandagi bir do‘stim nimanidir onlayn ravishda sotib olmoqchi edi, ammo bu vaqt yetkazib berishlar to‘xtab qolgandi. U bu haqida internetga yozgan va Shimoliy Xitoyda yashadigan bir notanish inson unga kerakli narsani tekinga yuborgan. Pandemiya bizni ko‘p jihatdan birlashtirdi. Do‘stlarim meni qo‘llab-quvvatladi — odatda o‘zaro muloqot qilmaydiganlar ham.

Karantin tugagach, Uxan odatdagi hayot tarziga qaytdi, odamlar ham o‘z holiga kelmoqda. Hozirda klublarda chiqish qilyapman. Yagona jihati — har kuni niqob taqish kerak, Uxandan tashqariga sayohat qilinadigan bo‘lsa, koronavirusga test topshirish lozim.