Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Janubiy Koreya hukumati 24-dekabrdan 3-yanvargacha amal qiladigan pandemiyaga qarshi kurash doirasidagi yangi cheklov choralarini e’lon qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyada COVID-19 koronavirus infeksiyasiga chalinish holatlari rekord darajada ko‘p qayd etilmoqda. Hukumat pandemiyaning uchinchi to‘lqini boshlangani haqida e’lon qilib, qishki bayramlar davrida amal qiladigan qat’iy cheklovlarni joriy qildi. Yangi qoidalar orasida besh kishidan ko‘p odamning to‘planishiga qo‘yilgan taqiq ham bor.

Janubiy Koreyada 22-dekabr kuni koronavirusga chalinish holatlari soni bo‘yicha antirekord qayd etildi — bir kecha-kunduzda 1092 kishi kasallandi. Mamlakatda virusni yuqtirganlarning umumiy soni 52 550 kishiga yetdi, so‘nggi ikki hafta ichida ular 13 130 kishiga ko‘paygan. Shu vaqtgacha 800 ga yaqin kishi vafot etgan.

23-dekabr holati bo‘yicha mamlakatda 15 085 bemor faol koronavirus holatida bo‘lib, ularning 284 nafari og‘ir yoki kritik holatdadir.

Shu munosabat bilan intensiv davolash uchun joylar yetishmasligi borasida xavotir ham kuchaymoqda. Janubiy Koreya hukumati rahbari Chon Syo Gyun ma’lum qilishicha, hukumat ayni paytda koronavirusga chalinganlar uchun rejalashtirilgan o‘n mingta qo‘shimcha kasalxona koykasidan taxminan sakkiz mingtasini ta’minlagan.

Virus asosan aholi zich joylashgan poytaxt mintaqasida tarqalmoqda, tibbiy xodimlar deyarli hamma joyda qayd etilayotgan avj nuqtalarni kuzatib borishga bor kuchi bilan harakat qilmoqda, deb yozadi AP agentligi.

Janubiy Koreya bahorda karantin cheklovlarini kiritmasdan, kasallikning jiddiy avj olishini tiyishga muvaffaq bo‘lganidan keyin pandemiyaga qarshi muvaffaqiyatli kurash borasida namuna bo‘lib hisoblanar edi.

Kelayotgan Rojdestvo va Yangi yil bayramlarini Janubiy Koreya fuqarolari birinchi marta ekstremal sharoitlarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelishi haqida mamlakat bosh vaziri 22-dekabr kuni pandemiyaga qarshi kurash bo‘yicha idoralararo komissiya yig‘ilishida ogohlantirdi.

“Biz uchinchi to‘lqinni 3-darajali ijtimoiy masofalanish choralaridan ko‘ra ancha kuchliroq cheklovlar bilan yengish niyatidamiz”, — dedi Chon Syo Gyun.

24-dekabrdan 3-yanvargacha besh kishidan ortiq odamning bir guruh bo‘lib yig‘ilishi taqiqlanadi, ommabop sayyohlik manzillari, shuningdek, tog‘-chang‘i kurortlari va qishki sport bo‘yicha boshqa obyektlar yopiladi.

Pandemiyaning birinchi to‘lqini davrida epidemiya o‘choqlariga aylangan qariyalar uylari va ruhiy kasalxonalarga tashrif buyurish man etiladi.

Restoranlarda yanada qat’iyroq ijtimoiy masofalanish choralari amal qiladi, bayram chegirmalari davrida ishlashda davom etadigan univermag va supermarketlarda esa xaridorlarning harorati o‘lchanadi hamda ichimlik va yeguliklarni tatib ko‘rish taqiqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonliklar uchun Haj va Umra narxlarini arzonlashtirish muhokama etildi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)
Mahalliy
Samarqandda fuqaro 5 tup qarag‘ayni kesib, tabiatga salkam 90 mln so‘m zarar yetkazdi