• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Pullik rejimni bir oyga rejalashtirganmiz”. Tashkent City ma’muriyati bog‘ga kirish pullik bo‘lgani yuzasidan izoh berdi

    Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari Bahrom Rizayev jurnalistlarning bog‘ga kirish nima uchun pullik bo‘lgani haqidagi savollariga javob berdi.

    Eslatib o‘tamiz, 17-dekabrdan boshlab Tashkent City bog‘iga bayram arafasi va Yangi yil kunlarida kirish pullik etib belgilandi. Bayram chiptalari narxi 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun — 5 000 so‘m, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 000 so‘m, pensionerlarga — 5 000 so‘m (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), nogironligi bo‘lgan shaxslarga — bepul (guvohnoma mavjud bo‘lgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 000 so‘m (yo‘lovchilarni hisobga olgan holda) etib belgilangan.

    Park Tashkent City ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. Bu park nafaqat markaz ishchilariga, balki, boshqa oddiy aholi vakillariga ham mo‘ljallangan. Xabaringiz bor, bog‘imiz ishga tushganiga bir yil bo‘ldi. Shu bir yil ichida biz hech qanday moddiy tarafdan foyda ko‘rmadik. Lekin biz ham bir tashkilotmiz.

    Biz shu paytgacha davlat budjetidan ham, xalqdan ham pul olmadik. Biz xarajatlarimizni o‘zimiz qoplashimiz kerak. Hozirgi kunda oyiga o‘rtacha 900 million so‘m xarajat qilamiz. To‘g‘ri, parkning ichida ma’lum bir kafe va restoranlar ijara haqi to‘lashi mumkin, lekin bu mablag‘ xarajatimizning 30 foizini qoplaydi xolos. Shuning uchun qolgan 70 foizi qoplanmay kelayotgandi. Parkimizni obodonlashtirishga va faoliyatini yurg‘izishga mablag‘ kerak.

    Bundan tashqari, mana Yangi yil arafasida turli xil namoyishlar, ko‘ngilochar dasturlar qilishimiz kerak. Buning hammasi qo‘shimcha mablag‘ga borib taqaladi. Tushgan mablag‘lar shu kabi jarayonlarga sarflanadi.

    Tashkent City bog‘iga kirishni pullik qilish bo‘yicha qaror Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan, deb ayta olmayman. Lekin bu ishimiz orqali davlat budjetiga murojaat qilmasdan, faqat dam oluvchilar uchun to‘lov amaliyotini joriy qilmoqchimiz.

    Bundan tashqari Toshkentda ko‘plab bog‘lar bor. Shu bog‘lar ham pullik qilingan. O‘zimizning faoliyatimizdan kelib chiqqan holda parkni rivojlantirish uchun hozircha to‘lovli kirishni tashkil etganmiz. Hozircha pullik rejimni bir oyga rejalashtirganmiz. Keyingi natijalarga qarab biror-bir xulosaga kelamiz.

    Har bitta mashinani “parkovka” qilish uchun 20 ming so‘m olinadi. Bunda mashina ichidagi odamlar alohida pul berishadi. Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar va nogironlardan kirish uchun pul undirilmaydi”

    Bahrom Rizayev, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari 

    Bahrom Rizayev “Agar jamoatchilikning salbiy e’tirozlariga sabab bo‘lsa, keyin pullik rejim bekor qilinadimi?” degan savolga aniq bir javob bermadi.

    Ma’lumot uchun, 2019-yilning oktabr oyida Jahongir Ortiqxo‘jayev Tashkent City ochilishi munosabati bilan qilgan videomurojaatida “Bu — xalqimiz uchun. Bu joy — millatimiz uchun. Ilohim, millatimizga ushbu yaxshi joy buyursin! Xalqimiz kelib yayrasin! Farzandlari bilan o‘ynab kulsin! Hammasi xalqimiz, O‘zbekiston xalqi uchun va aziz, mehribon millatimiz uchun!”, – degan edi.

    18.12.2020, 19:56   Izoh (0)   28342
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Soliq to‘lovchilar Tashkent City’ga kirganida pul to‘lasa, adolatli bo‘lsa kerak”

    18.12.2020, 19:32

    Shavkat Mirziyoyev raisligida MDH sammiti bo‘lib o‘tdi

    18.12.2020, 19:08

    Oliy va o‘rta ta’lim vaziri oliy ta’lim muassasalarida hijob o‘rab yurish masalasiga izoh berdi

    18.12.2020, 18:52

    O‘zbekistonda dam olish kunlari havo yana sovib, qor yog‘adi

    18.12.2020, 18:28

    O‘zbekistonda 2020-yilning 9 oyida gaz eksporti 2019-yilga nisbatan 78 foizga kamaydi

    18.12.2020, 18:04

    Jahon banki O‘zbekistondagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga 500 mln dollar ajratdi

    18.12.2020, 17:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.