Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Nafaqat Amerikada, balki butun dunyoda mashhur “Simpsonlar” Fox kompaniyasi uchun Mett Groening tomonidan yaratilgan mashhur komedik multserial. U Gomer, Marj, Bart, Liza va Maggi kabi a’zolardan iborat to‘qima Simpsonlar oilasi orqali Amerika hayotini satira va yumorga boy tarzda tasvirlaydi. “Daryo” kolumnisti Rahimjon Qudratov Amerika madaniyati va jamiyatini kulgi ostiga olgan ushbu mashhur multserial haqida ma’lumot beradi. 

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

Serialdagi voqealar xayoliy shahar – Springfildda sodir bo‘ladi. Kartina Amerika madaniyati va jamiyati, televideniyesi va inson tushishi mumkin bo‘lgan turli vaziyatlarni kulgi ostiga oladi. 1989-yil 17-dekabrda namoyish etilganidan beri hozirgacha “Simpsonlar”ning 694-qismi efirga uzatildi va u fasllar va epizodlar soni bo‘yicha Amerikadagi eng uzoq davom etgan teleserial deb baholandi. Serial odatiy Amerika oilasi hayot tarzini tasvirlasa-da, u o‘rta sinf vakillarining turmush tarzini yoritishdan ko‘ra ko‘proq ahamiyat kasb etadi. Barcha qahramonlar qo‘shilgan holda zamonaviy jamiyat duch keladigan muammolarni har tomonlama o‘rganish imkoniyatiga ega. Misol uchun, Gomer atom elektr stansiyasida ishlash orqali atrof-muhitning ayni kundagi holati haqida fikr bildirishi mumkin.

Gomerning farzandlari Bart va Liza esa Springfilddagi boshlang‘ich maktabda ta’lim oladi, bu esa serial mualliflariga ta’lim sohasidagi dolzarb yoki ziddiyatli masalalarni olib chiqish uchun qulay imkoniyat yaratadi. Springfildda bolalar televizion dasturlaridan tortib, to mahalliy yangiliklarga qadar keng qamrovli televizion kanallar mavjud, bu esa ishlab chiqaruvchilarga o‘zlari va boshqa ko‘ngilochar dasturlar haqida hazil qilish imkoniyatini beradi.

Ammo tomoshabinlarga “Simpsonlar”dan olish mumkin bo‘lgan intellektual ozuqa hamda ajoyib hazillar yetarli emas shekilli, ular serialdan yanada ko‘prog‘ini kutdi. Misol uchun, ko‘plab ishqibozlar serialda kelajak bashorati yashiringaniga shubha qilmaydi. “Simpsonlar”ning shuhratiga sabab bo‘lgan bu bashoratlarning aksariyati oxir-oqibat haqiqatga aylangan hazillar xolos. Haqiqatga aylangan hazillar orasida eng mashhur misol “Bart kelajakka” epizodidan kelib chiqqan bo‘lib, unda milliarder Donald Tramp bir paytlar AQSh prezidenti bo‘lgani va xalqni qashshoqlikka duchor etgani haqida so‘z boradi. Ushbu epizod birinchi marta 2000-yilda Tramp saylanishidan o‘n olti yil oldin namoyish qilindi.

Yana bir epizodda esa 20th Century Fox kompaniyasi Walt Disney kompaniyasining bo‘linmasi sifatida yoritildi. O‘n to‘qqiz yil o‘tgach, Disney haqiqatan ham Fox’ni sotib oldi. Simpsonlarning boshqa bashoratlari sifatida smartwatch, videochat xizmatlari, telefon va kompyuterlardagi avtotuzatish funksiyasi, Notr-Damdagi yong‘in hamda Ledi Gaganing Super Bowl LI shousidagi akrobatik namoyishlari e’tirof etiladi. Ammo bular qanchalik haqiqatga yaqin?

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

2019-yil aprel oyining o‘rtalarida Parijdagi Notr-Dam cherkovida yong‘in sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay, “Simpsonlar”ning bir epizodidan olingan tasvir ijtimoiy tarmoqlarda tarqalishni boshladi. “Simpsonlar” yana bir bor kelajakni bashorat qildi. Aslida esa “Simpsonlar” Notr-Damda yong‘in sodir bo‘lishini nazarda tutmagan edi. Notr-Dam cherkovining tasviri kamida bir marta xayoliy Springfild shahrida paydo bo‘lgan bo‘lsa-da, bu tasvir internetda tarqalgan surat bilan bir xil emasdi. “Simpsonlar”dagi haqiqiy tasvirda cherkovga o‘t tushmaydi va janob Berns ham cherkov oldida bo‘lmaydi. Internetda tarqalgan suratlar esa soxta edi.

Avtomatik tuzatish bashorati

“Simpsonlar” 1994-yildagi “Muz ustidagi Liza” epizodida go‘yoki “avtomatik tuzatish” funksiyasini oldindan bashorat qildi. Aslida esa avtomatik tuzatish kamida 1993-yildan beri mavjud edi. Smartwatch – aqlli soat bashorati ham xuddi shu tarzda sodir bo‘ldi.

“Devid” haykalining taqiqlanishi bashorati

1990-yilgi epizodda “Simpsonlar” Mikelanjeloning “Devid” haykalini senzuralash va uning nusxalarini yashirib qo‘yishga oid kelajakdagi vaziyatlarni bashorat qilgani da’vo qilindi. Aslida-chi? XVI asr boshlarida Mikelanjeloning “Devid” haykali ilk bora Florensiyada namoyish etilgan paytidanoq senzura qilindi va uning nusxalarini yashirish holatlari kuzatildi. Serial mualliflari esa bunday senzura kampaniyalarni bashorat qilmadi, aksincha, oldingi voqealarni kulgi ostiga oldi xolos.

Ledi Gaganing namoyishi bashorati

“Simpsonlar” epizodidagi bir sahna 2017-yilgi Super Bowl’da pop yulduzi Ledi Gaganing namoyishini bashorat qilgani rost. Yolg‘on qismi shundaki, ushbu bashoratlarni namoyish etuvchi bir nechta tasvirlar tahrirlangan yoki o‘zaro bog‘liq bo‘lmagan turli epizodlardan olib, birlashtirilgan edi.

Internetda keng tarqalgan boshqa ko‘plab bashoratlar ham xuddi shunday kamchilikka ega: tasvirlarga o‘zgartishlar kiritildi yoki turli epizodlardan olingan rasmlarni birlashtirib, ular orqali yagona voqelikka nisbatan berildi.

Foto: Google Photos

Foto: Google Photos

“Simpsonlar” yozuvchilari bu bashoratlar haqida nima deydi?

“Simpsonlar”ning faxriy yozuvchilaridan bo‘lgan Al Jin bashorat qilish jarayoni haqida shunday deydi: “Agar siz ko‘p bashorat qilsangiz, unda o‘n foizigina to‘g‘ri chiqadi”.

“Biz futurologmiz, chunki biz serial ekranga chiqishidan o‘n oy oldin yozamiz, shuning uchun ham nima bo‘lishini taxmin qilishimizga to‘g‘ri keladi”, deya qo‘shimcha qilgan edi boshqa bir ssenarist.

“Simpsonlar”ning yozuvchilari, odatda, “Biz odamlar ajoyib bashoratlarimizdan juda ko‘p narsalarni o‘ylab topishlarini bashorat qilamiz”, deb hazillashib yuradi.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi nazaridan farq qilishi mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Guruhlarda hazil yoki kinoya qilib aytgan gaplarimni ham chiqarib yuboradigan jurnalistlar bor” — Shohrux G‘iyosov
Mahalliy
“Ko‘pchilik meni yolg‘on ma’lumot tarqatganlikda ayblaydi” — Shohrux G‘iyosov jurnalist va blogerlarning o‘ziga munosabati haqida gapirdi
Mahalliy
Qo‘shimcha talab etiladigan 37,5 ming tonna piyoz 1-aprelga qadar ichki bozorlarga kiritiladi