• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston davlat idoralari OAV bilan faol hamkorlik qilish va ijtimoiy tarmoqlardan sahifa ochish majburiyatini oladi

    Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Vazirlar Mahkamasining davlat organlari faoliyatini yoritishda ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalaridan foydalanishni takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori loyihasini muhokamaga taqdim etdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hujjatda ta’kidlanishicha, davlat idoralari matbuot xizmatlarini bevosita birinchi rahbarga bo‘ysunadigan mustaqil bo‘limlarga aylantirish rejalashtirilgan.

    2021-yil 1-fevraldan boshlab:

    • davlat idoralari faoliyatini doimiy yoritib borish hamda amalga oshirilayotgan loyihalarni jamoatchilikka tezkor va tushunarli yetkazib berish orqali tashkilotning ijobiy imijini shakllantirishga doir vazifalarni amalga oshirish jarayonida hamkorlikda ishlovchi jurnalist va foydalanuvchilar soni yuqori bo‘lgan blogerlardan iborat “Media pul” tashkil etiladi;
    • jurnalistlarning akkreditatsiya qilish to‘g‘risidagi yozma va elektron murojaatlari davlat idoralari tomonidan tegishli murojaat olingan kundan boshlab ko‘pi bilan uch ish kunida ko‘rib chiqilishi belgilanadi;
    • davlat idoralari o‘zlarining jamoatchilik kengashlari faoliyati va a’zolar ro‘yxatini qayta ko‘rib chiqadi va jamoatchilik kengashlari tarkibiga kamida bir nafardan faol jurnalist va/yoki blogerni kiritish choralari ko‘riladi;
    • O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (keyingi o‘rinlarda — agentlik) tomonidan ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va mobil messenjerlarning monitoringi natijasida aniqlangan davlat idoralari faoliyatiga taalluqli, aholining keng qatlami ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi material va ma’lumotlarga davlat idoralarining tezkor munosabat bildirish muddati bir kun qilib belgilanadi;
    • davlat idoralari har chorakda kamida bir marta ommaviy axborot vositalari va blogerlar uchun ochiq bo‘lgan matbuot konferensiyalari, brifinglar tashkil etish va intervyular, savol-javoblar o‘tkazish yo‘li bilan jamoatchilikka doimiy hisobot berib boriladi;
    • davlat idoralarining turli darajadagi rahbarlari Facebook, Twitter, Instagram, Telegram kabi ko‘plab foydalanuvchilarga ega ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlarda o‘z rasmiy sahifalarini ochadi va ularni belgilangan tartibda verifikatsiya qilish choralarini ko‘radi;
    • davlat idoralarining birinchi darajali rahbarlari axborot xizmatlari bilan birgalikda internet tarmog‘idagi Wikipedia mustaqil internet-ensiklopediyasida alohida veb-sahifa ochib, o‘zi boshqarayotgan davlat idorasi va o‘zining mehnat faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zbek, rus, ingliz tillarida joylashtiradi;
    • davlat idoralari 2021-yil yakuniga qadar o‘zlarining ochiq ma’lumotlari va yangiliklarini mobil qurilmalar orqali qulay, tezkor ravishda olish imkoniyatini taqdim etuvchi Android va iOS operatsion tizimlarida ishlovchi mobil ilovalarni ishga tushiradi hamda mazkur ilovalardagi axborot, ma’lumotlar bazasini O‘zbekiston Davlat statistika qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonning ochiq ma’lumotlar portali (opendata.gov.uz) bilan integratsiya qilish choralarini ko‘radi;
    • davlat idoralarining rahbar xodimlari o‘z rasmiy sahifalarida hafta davomida kamida uch marta boshqaruvidagi davlat idorasi faoliyatiga daxldor bo‘lgan axborotni joylashtirib boradi hamda mazkur sahifalar orqali jamoatchilik fikrini o‘rganib, murojaat va savollarga javob berib borilishini tashkil etadi;
    • davlat idoralari axborot xizmatlari, tarkibiy tuzilmalar muntazam ravishda o‘z rahbarlarini tashkilot faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan axborot materiallari bilan ta’minlasin hamda rahbar xodimlarning rasmiy sahifalaridagi axborotlarini ijtimoiy tarmoqlar, messenjerlar va ommaviy axborot vositalari orqali keng miqyosda tarqatilishini amalga oshiradi.
    Shu bilan birga, agentlik:
    • ikki oy muddatda davlat idoralarining ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilinayotgan tegishli tanqidiy-tahliliy materiallarga o‘z vaqtida munosabat bildirib borish, shuningdek media-rejalarni tayyorlash va ularning ijrosi bajarilishi hisobini yuritish imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus axborot tahliliy elektron tizimni ishga tushirsin hamda matbuot kotiblariga mazkur tizimdan foydalanishni o‘rgatish maqsadida qisqa muddatli seminarlarni tashkillashtiradi;
    • davlat idoralarining ijtimoiy tarmoqlar va ommaviy axborot vositalari bilan ishlash natijalari bo‘yicha muntazam monitoring olib borsin va monitoring yakunlari asosida reyting tizimida baholash ishlarini tashkil etadi;
    • har olti oyda reyting natijalariga ko‘ra shakllantirilgan tahliliy ma’lumotlar asosida past ko‘rsatkich qayd etgan mas’ullar hamda matbuot kotiblarining ochiqlik yo‘nalishidagi faoliyatini tanqidiy ko‘rib chiqish, shuningdek ularga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq javobgarlik belgilash bo‘yicha tegishli chora ko‘rish uchun O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib boradi.
    Agentlik shuningdek, matbuot xizmatlari uchun qo‘llanmani ishlab chiqishni va nashr etishni rejalashtirmoqda, unda davlat idoralarining virtual auditoriya bilan ishlash tartibi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni tekshirish va yuritish usullari, shuningdek uchrashuvlarning jonli translyatsiyasini tashkil etish kiradi.

    Shu bilan birga, u ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bilan onlayn muloqot madaniyati, savol-javob suhbati o‘tkazish va press-turlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish talablarini o‘z ichiga oladi. Hududlarda “Yosh jurnalistlar va blogerlar klublari” paydo bo‘lishi mumkin, ularning tashkil etilishi uchun javobgarlik Yoshlar ishlari bo‘yicha agentlik, Yoshlar ittifoqi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan belgilanadi.

    Loyiha muhokamasi 2020-yilning 29-dekabrigacha davom etadi.

    Mavzuga doir:

    • “Mustaqil bo‘lganimizdan beri bu taqiqlangan mavzu bo‘lgan”. Obid Hakimov kambag‘allik mavzusi haqida
    • “Asosli bo‘lsa, matbuot bu haqda yozishga haqli”. O‘zbekistondagi elchixonalar AOKA harakatiga munosabat bildirdi
    Avvalroq O‘zbekistonda shafqatsizlikni targ‘ib qiluvchi videolarni internetga joylashtirganlar uchun 89 million so‘mlik jarima joriy etilishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

    16.12.2020, 21:11   Izoh (0)   17324
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “So‘x voqealari”da ayblanayotganlar navbatdagi sud majlisida dastlabki ko‘rsatmalarini rad etdi

    16.12.2020, 20:34

    Telegram ishida nosozlik yuz berdi

    16.12.2020, 20:10

    “Aholiga ajratilgan mahalliy ko‘mirning 60 ming tonnasi hali egalariga yetkazib berilmasdan, omborlarda turibdi” – Shavkat Mirziyoyev

    16.12.2020, 19:33

    Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida yo‘l qo‘yilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida gapirdi

    16.12.2020, 19:21

    Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik qotillik qurboni bo‘ldi

    16.12.2020, 19:09

    Andijonda 4 oylik o‘g‘lini 5200 dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

    16.12.2020, 18:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.