• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12834.61
    • RUB162.65
    • EUR14662.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “So‘x voqealari”da ayblanayotganlar navbatdagi sud majlisida dastlabki ko‘rsatmalarini rad etdi

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudida 2020-yil 14-dekabr kuni “So‘x voqealari” yuzasidan ochilgan jinoyat ishi bo‘yicha navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi “Daryo” muxbiri.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Dastlab himoyachi Burhon Mamajonov sudlanuvchilarga nisbatan ehtiyot chorasini o‘zgartirish bo‘yicha sudga iltimosnoma kiritgan. Advokat So‘x tumanidan olib kelinayotgan 13 nafar shaxsning xulq-atvoridan kelib chiqib ularga tayinlangan ehtiyot chorasini bekor qilishni taklif qilgan. Sud mazkur masala bo‘yicha maslahatga kirgan va iltimosnomani rad etgan.

    Sudya Tojiddin Vahobov raisligida davom ettirilgan sud ishida sudlanuvchilar Bahodir Shodiyev, Yodgor Jo‘rayev, Shahzod Mahmadaliyev, Zaylobidin Zaylobov va Shahrombek Olimovlar 31-may kun sodir bo‘lgan voqea bo‘yicha so‘roq qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sudlanuvchi Bahodir Shodiyev dastlabki tergovda o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad etgan. U 31-may kuni Chashma qishlog‘iga janjalda ishtirok etish uchun emas, balki opasining uyiga borganini, opasi bilan birgalikda kasalxonada yotgan akasini ko‘rgani bormoqchi bo‘lganini, soat 14:30-15:00 larda o‘sha yerga ketayotganda viloyat hokimi ishtirokida yig‘ilish bo‘layotganini ko‘rganini aytgan. Va o‘sha kungi voqealarda umuman qatnashmaganligini ta’kidlagan.

    “Ko‘chaga chiqsam, hamma Chashma bulog‘i tomonga ketyapti. Qirg‘izlar bilan o‘zbeklar o‘rtasida janjal chiqqanini eshitdim. Lekin men janjalda qatnashmaganman. Chashmadagi janjalda ishtirok etmagan bo‘lsam, nega bu yerdaman? Haligacha tushuna olmayapman”, — degan sudlanuvchi Bahodir Shodiyev.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Sudlanuvchi Yodgor Jo‘rayev o‘z ko‘rsatmasida janjal sodir bo‘lgan kuni dalada bo‘lganini, onasi kasal bo‘lib shifoxonaga tushib qolgani uchun soat 18:00 larda shifoxonaga borganini aytgan. U yerda uni Chashmadagi janjalda jarohat olganlar va ularning yaqinlari ko‘rgan. Ichki ishlar xodimlari shifoxonaga kelib, to‘planganlarni tarqatib yuborganini aytib, janjalda qatnashmaganini ta’kidlagan.

    “31-may kuni dalada edim. Onamning qon bosimi oshib ketib kasalxonaga tushib qolgandi. Daladan kelib, kasalxonaga ketdim. Kasalxonaga borsam tez yordam mashinalarida yaralanganlar olib kelinayotgan ekan. U yerda odam juda ko‘p edi. IIB xodimlari to‘planganlarni tarqatishga urinardi. Kasalxonada ertalab soat 7:00 dan 7:30 gacha bo‘ldim. Menga kasalxonadagi tartibsizliklarda qatnashganimni aytishyapti. Lekin men unda qatnashmaganman”, — deb ko‘rsatma berdi sudlanuvchi Yodgor Jo‘rayev.

    Qayd etilishicha, Yodgor Jo‘rayev dastlabki tergov organi so‘roqnoma bayonnomalarida ichki ishlar xodimlari kelgan avtobusga tosh otgani, tuman IIB binosiga borgani, amakisining o‘g‘li tan jarohati olib, shifoxonada yotgani kabi holatlar bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shundan so‘ng sudlanuvchilar Shahzod Mahmadaliev, Zaylobidin Zaylobov hamda Shahrombek Olimovning 31-may kuni Chashma bulog‘ida yuz bergan voqealar bo‘yicha ko‘rsatuvlari tinglangan.

    Sudlanuvchilarning ko‘rsatmalari tinglangach, advokatlar va prokuratura xodimlari ularga savollar bilan murojaat qilgan.

    Sud ishida 2020-yil 18-dekabrga qadar tanaffus e’lon qilindi.

    Eslatib o‘tamiz, viloyatning So‘x tumani Chashma qishlog‘ida qo‘shni davlat fuqarolari bilan suv masalasidagi mojaroda ishtirok etgan 22 nafar shaxsga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini sudda ko‘rib chiqish jarayoni 2020-yil 9-noyabr kuni boshlangan edi. Shundan so‘ng 23—30-noyabr kunlariga tayinlangan sud majlislari ayrim sabablarga ko‘ra, belgilangan vaqtda o‘tkazilmadi.

    Jinoyat ishi doirasida 9 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish va 13 nafar shaxsga uy qamog‘i ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Sudlanuvchilar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor. Sudda voyaga etmagan sudlanuvchilarning qonuniy vakillari ishtiroki ta’minlangan.

    Mavzuga doir: 

    • “So‘x voqealari”ni o‘rganayotgan sudda so‘z olgan ayblanuvchi Vatanini himoya qilganini ma’lum qildi
    • Farg‘onada “So‘x voqealari”da ayblangan 22 kishi ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi

    16.12.2020, 20:34   Izoh (0)   18937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Telegram ishida nosozlik yuz berdi

    16.12.2020, 20:10

    “Aholiga ajratilgan mahalliy ko‘mirning 60 ming tonnasi hali egalariga yetkazib berilmasdan, omborlarda turibdi” – Shavkat Mirziyoyev

    16.12.2020, 19:33

    Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasi, tabiiy gaz va ko‘mir ta’minotida yo‘l qo‘yilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar haqida gapirdi

    16.12.2020, 19:21

    Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik qotillik qurboni bo‘ldi

    16.12.2020, 19:09

    Andijonda 4 oylik o‘g‘lini 5200 dollarga sotayotgan ayol qo‘lga olindi

    16.12.2020, 18:46

    Shavkat Mirziyoyev gaz eksportini qisqartirib, aholi ehtiyojlarini qondirish bo‘yicha ko‘rsatma berganini ma’lum qildi

    16.12.2020, 18:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Sistit — bu uyat emas!


    InfinBLACK - ortiqcha to‘lovlar talab qilmaydigan kredit karta


    Yangiyo‘lda “Tomorqa maktabi” ochildi


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Hyundai Uzbekistan - foizsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati qaytdi!


    O‘zbekiston Milliy banki Xitoy yuani ayirboshlash xizmatini Toshkent shahri va poytaxt aeroportida yo‘lga qo‘ydi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chirchiqdagi yangi bog‘ - zamonaviy ko‘ngilochar va dam olish maskani ochildi


    Mastercard Digital Uzbekistan 5- xalqaro PLAS-Forumida qatnashdi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Buning uyatli joyi yo‘q”. Jamshid Qo‘chqorov davlat nega qarz olayotganiga izoh berdi

    Iqtisodiyot | 3 iyun, 14:50

    Met Gala’da uni tanishmadi: Bollivud qiroli Shohrux Xonning 5 yil tanaffus qilishiga nima majbur qilgandi?

    Kino | 3 iyun, 14:49

    Xitoyda tuzdan zaryad oladigan elektroskuterlar taqdim etildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:30

    Turli mamlakatlar haqida yo‘l ko‘rsatkichlardan ham ko‘proq so‘zlaydigan suratlar

    Sayohat | 3 iyun, 14:05

    Rossiya Ukrainaga urushni 2 xil yo‘l bilan to‘xtatishni taklif qildi

    Dunyo | 3 iyun, 14:00

    “Yashil makon”ga ajaratiladigan pullar har bir tiyini sarflanishini kuzatish imkoni yaratiladi

    O‘zbekiston | 3 iyun, 13:45

    Lamin Yamal “Real”ning yangi futbolchisi bilan hazillashdi: “Bu mening yangi o‘yinchog‘im”

    Sport | 3 iyun, 13:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.