• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Jinoyatim bo‘lsa, qonun oldida javob berishga tayyorman”. Buxoro shahar prokurori chaqiruvlarga advokat, jurnalist va blogerlar bilan borishini aytdi

    Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilov bir necha kundan buyon ijtimoiy tarmoqlar orqali Prezidentga murojaat qilmoqda. U o‘z murojaatlari orqali bosh prokuror Nig‘matulla Yo‘ldoshev hamda Bosh prokuraturaning ayrim amaldorlariga nisbatan bir nechta ayblovlarni ilgari surgan.

    Bosh prokuratura matbuot xizmatining 12-dekabrdagi bayonotiga ko‘ra, Buxoro shahar prokurori Jasur Fozilovga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlangani munosabati bilan u 2-dekabr kuni vazifasini bajarishdan vaqtincha ozod qilingan. Bunga Buxoro shahridagi tadbirkorlardan birining prokuror Fozilov ustidan yozib bergan shikoyat arizasi sabab bo‘lgan.

    Xizmat tekshiruvi davomida arizada keltirilgan barcha vajlar, shu jumladan, Jasur Fozilovning 11-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlardagi bayonotida bildirgan holatlarga to‘liq va haqqoniy baho berilishi bildirilgan. Bosh prokuratura “murojaat va bayonotda bildirilgan barcha masalalar bo‘yicha shaffof va oshkora o‘rganish o‘tkazilishini” ma’lum qilgan.

    Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Jasur Fozilov yashirinib olgani, chaqiruvlarga javob bermayotgani haqida xabarlar tarqaldi. “Daryo” muxbiri Buxoro shahar prokurori o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilayotgan chog‘da qonundan yashirinib yurgani nechog‘li haqiqatga yaqinligi bilan qiziqdi.

    Buxoro shahar prokurorining qo‘l telefoni “xizmat doirasidan tashqarida” ekanligi sababli u bilan telefon orqali bog‘lanishning imkoni bo‘lmadi. Yashash manzili esa noma’lum edi. Ijtimoiy tarmoqlardan “shov-shuvi” to‘xtamayotgan shahar prokurori Jasur Fozilovni ancha urinishlardan so‘ng, jarayonning to‘rtinchi kunida “topdik”. U o‘zi tug‘ilib o‘sgan Vobkent tumanidagi Chorbog‘kent qishlog‘ida, darvozadan ham o‘zi “ko‘rinish berdi”.

    — Ijtimoiy tarmoqlar orqali men haqimda tarqalayotgan gaplar uydirma va shunchaki uyushtirilayapti, xolos. Go‘yoki, men yashirinib olganman. Hech qayoqqa ketmaganman. Vobkentda, ota-onamning uyidaman. To‘g‘ri, men o‘zimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazayotganlarning chaqiruvidan bosh tortayotganimni tan olaman va xizmat tekshiruvlari odilona, xolisona o‘tkazilishini so‘raganman, — dedi Jasur Fozilov.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, 2-dekabr kuni u vaqtincha xizmat vazifasidan chetlatilgan. Fozilov ushbu holat bo‘yicha faqat Prezident administratsiyasi tekshiruv o‘tkazishini, boshqa idoralar bu ishga aralashmasligini so‘ragan.

    — Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiyasi xodimi M.T. men bilan qo‘ng‘iroqlashganda, shaxsan bosh prokurorning o‘zi u bilan ikki-uch marta gaplashayotganini aytib, holatni to‘g‘ri tushunishimni va xonadagi kameralarni yechib olishni so‘radi, e’tiroz bildirmadim. Aslida bu ishlar ortida hali qurilishi to‘liq tugallanmagan va foydalanishga topshirilmagan “Dilkusho” bozoridagi qonun buzilishlarga sabab bo‘layotgan holatlarni fosh etishga kirishganim kimlargadir yoqmagani va qarshilar borligini isbotlab qo‘ydi, — deydi u.

    Buxoro shahar prokurori bir necha marta viloyat prokurori Dilshod Fayziyevdan holat yuzasidan bosh prokurorni xabardor qilishni so‘ragan. Biroq bu murojaatlar viloyat prokurori tomonidan e’tiborsiz qoldirilgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Prokuror Fozilov bu holat bosh prokuror va uning uch nafar xodimiga oid jinoyatlarni fosh etish, shuningdek, 10 milliard so‘m soliqni yashirgan tadbirkorga nisbatan Jinoyat kodeksining 184-moddasi (soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan ish qo‘zg‘atishga aloqadorligini ma’lum qildi.

    — “Mustahkam qurilish development” kompaniyasi rahbari Z.J. hamda yirik tadbirkor A.K.ga nisbatan olib borayotgan hatti-harakatim o‘z joyida to‘xtatib qo‘yildi. Bu shunchalik tez sodir bo‘ldiki, hatto bo‘ynimga menga daxli yo‘q ishlarni ilishga urinishmsoqda. Haydovchim Bahodir Hamroqulov, bilishimcha, 2000—2001-yillardan buyon tadbirkorlik qilib keladi. Men esa Buxoroda o‘z xizmat vazifamni 2014-yilda boshlaganman. Go‘yoki haydovchimga tegishli tadbirkorlik subyekti ham meniki ekan. Undan ham ishdan bo‘shash to‘g‘risidagi arizasini olishibdi. Bundan tashqari, Buxoro shahridagi 52-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini tiklagan “Vobkent maxsus qurilish servis” rahbari, tadbirkor Baxtiyor Aslonovga tegishli korxona ham menga tegishli ekan. Bular juda achinarli ayblovlar emasmi?! Tadbirkor ukalarim ham o‘zlariga shaxsan tegishli subyektlar uchun kun bo‘yi tergov eshiklarida o‘tirishdi. Ularning ham faoliyatiga mening hech qanday aloqadorligim yo‘q.

    To‘g‘ri, bosh vazirning sobiq o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev hamda Buxoro viloyati sobiq hokimi Karim Kamolovning tavsiyasi bilan Buxoro Markaziy bozoridan bizga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishimiz uchun bino ajratib berildi. Bu, albatta, qonunan mumkin emas, shu bois ham o‘z nomimga o‘tkazmadim. Buni tan olaman va tan olganman ham. Agar hatti-harakatlarimda jinoyat alomatlari topilsa, qonun oldida javob berishdan qo‘rqmayman. Biroq, “yuqoridagi”lar va ularga aloqador shaxslarning sirlari fosh etilishiga, adolat qaror topishiga ishonaman, — dedi Jasur Fozilov.

    Shu o‘rinda shahar prokurori “Daryo” muxbirining: “Murojaatlaringizning birida viloyat rahbarlari bizni qo‘llab-quvvatlab, Buxoro Markaziy bozoridan bizga poraxo‘rlik qilmaslik uchun magazin ajratib berdi, deya ta’kidladingiz. So‘zlaringizdan, agar do‘kon ajratib berilmasa, prokurorlar poraxo‘rlik qilishi mumkin ekan, degan shubhaga borish mumkin ekan-da?”, — qabilidagi savoliga: “Viloyat rahbari ‘quringlar’, deb, qo‘llab-quvvatladi. Ammo u yerda bir o‘zim emas, aka-ukalarim, yaqin birodarlarim pul yig‘ib, do‘konni tikladik”, — deya javob qaytardi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Uning aytishicha, Bosh prokuratura huzuridagi inspeksiyasi xodimi M.T. xizmat xonasida: “Qo‘llab-quvvatlovchilaringiz ketdi, endi nima qila olasiz?!”, degan. Jasur Fozilov esa viloyatning sobiq ikki rahbarini tilga olib, agar ular hayot bo‘lganida, bosh prokuror Buxoroga yaqinlasha olmagan bo‘lardi, deb ta’kidlagan.

    Buxoro shahar prokurori Fozilov o‘ziga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazayotganlarning chaqiruvlaridan bosh tortayotganini tan olar ekan, chaqiruvga adolat qaror topishi uchun advokat, jurnalist va blogerlar bilan birga borishini aytdi. Shuningdek, u aybi bo‘lsa, javob berishga tayyorligini, faqat adolat bo‘lishi lozimligini ham qayta-qayta takrorladi.

    — Ijtimoiy tarmoqlarda menga nisbatan do‘ppi tor kelgani uchun chiqish qildi, degan munosabatlar ham bildirilmoqda. Yo‘q, men hozirgi holat bo‘yicha tekshiruvni faqat Prezident administratsiyasi o‘tkazishini, menga nisbatan nohaqliklar bo‘lmasligini, barchasi adolat mezonlari asosida ko‘rib chiqilishini istayman xolos, — dedi Jasur Fozilov.

    Ma’lumot uchun, Buxoro Markaziy dehqon bozorining ayni paytdagi rahbari Bobur Sobirov o‘z vaqtida viloyat prokuraturasida xizmat olib borgan. “Daryo” 2019-yil mayida mazkur bozordagi tartibsizliklar haqida surishtiruv e’lon qilgan edi.

    14.12.2020, 09:37   Izoh (0)   65404
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda kimo‘zarga harakatlanib, to‘qnashgan ikki avtobus haydovchilari transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yilga mahrum qilindi

    14.12.2020, 08:32

    O‘zbekiston “Bekobodsement”ning 51 foiz aksiyasini ushbu zavod aksiyadoriga qaytardi

    14.12.2020, 07:49

    Qorao‘zak va Chimboy tumanlari IIB boshliqlari o‘rin almashdi

    13.12.2020, 23:59

    O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida yopilib ketgan minglab masjidlar taqdiri nima bo‘ladi? Diniy qo‘mita vakili javob berdi

    13.12.2020, 20:54

    O‘zbekistonda o‘quvchi va talabalar ishtirokida Yangi yilga bag‘ishlangan bayram tadbirlarini o‘tkazish taqiqlandi

    13.12.2020, 20:33

    O‘zbekistonda budjet tashkilotlariga Yangi yil munosabati bilan korporativ bayramlar o‘tkazish taqiqlandi

    13.12.2020, 20:18
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.