Misrning Marsa-al-Alam shahrida uzunqanot akula germaniyalik turist-dayverga hujum qildi. Sodir bo‘lgan voqea videosi bilan Bild nashri bo‘lishgan.

Kadr: YouTube

Ushbu ko‘ngilsiz hodisa 2-dekabr, chorshanba kuni sodir bo‘lgan. Ma’lum qilinishicha, akula Germaniyadan kelgan, dayving bilan shug‘ullanuvchi 42 yoshli ayolga hujum qilgan.

Instruktor va boshqa dayverlar jarohat olgan ayolni qirg‘oqqa olib chiqib, uni shifoxonaga yetkazgan. Akula ayolning chap yelkasini tishlab olgan. Bemorning ahvoli barqarorligi aytilmoqda.

Mahalliy hukumat shahar yaqinidagi suvlarda davying bilan shug‘ullanishni vaqtincha cheklab qo‘ygan.

Avvalroq Avstraliyada syorfer qizga hujum qilgan akula tishini sindirib olgani to‘g‘risida xabar berilgandi.