Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

App Annie kompaniyasi tahlilchilari 2020-yilning eng mashhur mobil dasturlari reytingini e’lon qildi, deb xabar beradi TechCrunch.

Foto: EPA

Foto: EPA

Ro‘yxat bir nechta yo‘nalishga bo‘lingan: yuklab olinishi, foydalanuvchilar tomonidan sarflangan mablag‘lar, shuningdek, auditoriyaning faolligi bo‘yicha.

2020-yilda iOS va Android qurilmalari uchun eng ko‘p yuklab olingan mobil dastur — TikTok. App Annie’ning prognoziga ko‘ra, 2021-yilda servisning faol foydalanuvchilari soni milliarddan oshadi.

Shuningdek, eng ko‘p yuklab olingan dasturlar qatoridan Facebook, WhatsApp, Zoom va Instagram ham o‘rin olgan.

Skrinshot: App Annie

Skrinshot: App Annie

Foydalanuvchilar o‘z pullarini asosan Tinder tanishuv dasturiga sarflagan bo‘lsa, Facebook auditoriyasi eng faol deb topilgan.

Avvalroq Google Android’lar uchun 2020-yilning eng yaxshi mobil dasturlari va o‘yinlari nomini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekiston SSV ro‘zadorlarga sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha tavsiyalar berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda bir kunda ikkinchi zilzila qayd etildi
Shou-biznes
G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda