Daryo

Huawei Mate 40 Pro, Xiaomi Mi 10 Ultra va Galaxy Note 20 Ultra 5G yilning eng yaxshi smartfonlariga aylandi

Shuningdek, eng yaxshi “aqlli” kolonka ham tanlangan bo‘lib, g‘oliblikni XiaoAl Speaker HD qo‘lga kiritgan

1 daqiqa o‘qish24 436 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: 3D News

DxOMark laboratoriyasi o‘zining Xitoydagi bo‘linmasi orqali “Displey”, “Kamera” va “Zum” yo‘nalishi bo‘yicha eng yaxshi smartfonlar ro‘yxatini e’lon qildi. G‘oliblik Huawei, Xiaomi va Samsung flagman smartfonlariga nasib etgan, deb xabar beradi IXBT.

Foto: 3D News

Huawei Mate 40 Pro yana bir bor bozordagi eng yaxshi kamerafon deb topilgan bo‘lib, u bu boradagi testda 136 ball to‘plagan. Hozircha undan yuqori ball to‘plash boshqa biror smartfonga nasib etmadi. Qurilma xira yoritilgan joyda ham sifatli suratga oladi, dinamik diapazoni ajoyib, avtofokusi tezkor.

Xiaomi Mi 10 Extreme Commemorative Edition smartfoni eng yaxshi zumga ega qurilma deb topildi, biroq uning kamerasi Huawei Mate 40 Pro’dan 3 ball kamroq to‘plagan. Yaqinda DxOMark smartfonlar displeyini ham sinovdan o‘tkazishni boshlagan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi birinchilikni Samsung Galaxt Note 20 Ultra 5G’ga bergan — ekran 89 ball to‘plagan. Qurilma displeyi 120 gertsi yangilanish chastotasi sabab juda tiniq, zaxira yorug‘ligiga ega, ranglar esa aniq.

Shuningdek, eng yaxshi “aqlli” kolonka ham tanlangan bo‘lib, g‘oliblikni 109 ball bilan 2019-yilda ishlab chiqarilgan Xiaomi XiaoAl Speaker HD qo‘lga kiritdi.

Mavzuga doir: Dunyoda eng ko‘p sotilgan smartfonlar nomi e’lon qilindi. Xiaomi birinchi bor Apple’ni ortda qoldirdi

Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar