Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida ikki go‘zallik saloni ishchilari o‘rtasida yuz bergan janjal jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi bilan yakunlandi. Bu haqda IIV Tergov departamenti xabar berdi.

Foto: IIV Tergov departamenti

Foto: IIV Tergov departamenti

Ma’lum bo‘lishicha, 9-noyabr kuni soat 11:00 da jamoat joyi hisoblangan Qiziriq markaziy dehqon bozori orqa tomonida joylashgan “Shadozi” nomli go‘zallik saloni binosida ushbu salonda ishlovchi 37 yoshli ayol Z.Sh., 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A., 17 yoshli S.T. hamda ushbu go‘zallik saloni yonida joylashgan “Diana” go‘zallik saloni ishchisi 39 yoshli M.M. va uning qizi 18 yoshli Sh.N. o‘zaro janjallashgan.

Oqibatda 22 yoshli P.N., 20 yoshli S.A. va 17 yoshli S.T.ga turli darajada tan jarohatlari olgani aniqlangan. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, qizlar olgan jarohat yengil tan jarohati deb baholangan.

Holat yuzasidan Qiziriq tuman IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan M.M. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chegara masalasining yakuniy hal etilishi Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qiladi” —  Sadir Japarov 
Dunyo
“Bizga hayvonlardan yomonroq munosabatda bo‘lishadi” — Afg‘onistonlik qiz “Tolibon”ning cheklovlari haqida (video)