Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Oylik daromadi 1 million so‘m bo‘lgan odamga gaz va elektrdan 10 million so‘mlik qarzdorlikni yuklab qo‘yish masalaning yechimi emas. Bu haqda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Alisher Qodirov fikr bildirdi.

Alisher Qodirov.

Alisher Qodirov.
Foto: “Daryo”

Deputatning qayd etishicha, aholining kommunal xizmatlardan qarzdorligi darajasi ortib borayotgani uni qattiq tashvishga solmoqda. Ta’kidlanishicha, birgina gaz ta’minotidan qarzdorlik 6,5 trillion so‘mga yetgan, kommunal xizmatlardan umumiy qarzdorlik 11 trillion so‘m atrofida.

Tarmoqlarni ta’mirlash dolzarb masala ekani, energiya resurslarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar tannarxni qoplashda qiyinchiliklarga duch kelayotganini yaxshi bilamiz. Shu sababli ham partiyamiz (“Milliy tiklanish” — “Daryo” izohi) saylovlar paytida to‘lovlarni aholining daromadidan kelib chiqqan holda tabaqalashtirishni taklif qilgan edi.

Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra hozir ish bilan band aholining 70 foizi 2 million so‘mdan kam ish haqi olyapti. Biz buni doimiy bo‘lishini tarafdori emasmiz, lekin bugungi sharoitdan kelib chiqib, daromadi kam bo‘lgan aholiga kommunal to‘lovlarni tabaqalashtirish orqali qarzdorlikni ko‘payib ketishining oldini olish mumkin.

Bugungi kunda oylik daromadi 1 million so‘m bo‘lib turgan odamga gaz va svetdan 10 million so‘mlik qarzdorlikni yuklab qo‘yish va uning uyiga MIBni jo‘natish masalaning yechimi emas. Buni tizimli holatda yechishimiz zarur, deb hisoblaymiz.

Alisher Qodirov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari

Avvalroq “Hududiy elektr tarmoqlari” kompaniyasi O‘zbekistonda aholining elektr energiyasidan umumiy qarzdorligi 2,4 trillion so‘mga yetganini ma’lum qilgan edi. Qarzdorlar orasida uch yildan beri to‘lov qilmayotgan 283 mingdan ortiq iste’molchi borligi ta’kidlangan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrining elektrdan qarzdorligi 161 milliard so‘m bo‘lib, shundan 51 milliardi aholining qarzi. Bundan tashqari, Toshkentda aholining suvdan qarzdorligi 124 milliard so‘mga yetgani, qarzdorlar orasida o‘ziga to‘q fuqarolar borligi ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda 175 kishining pasportiga IMEI kodlari noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgani aniqlandi
Mahalliy
Vazirlikning 8 mlrdga tushgan sayti, qashqadaryolik ota-o‘g‘ilning Toshkentni “lol qoldirgan” qilmishi: “Daryo”da hafta dayjesti
Mahalliy
Uy-ro‘zg‘or ishlari ayollarning iqtisodiy faolligini tushiradi: O‘zbek ayolining martabaga erishish imkoniyatlari tahlil qilindi